G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish...
ruboiy nomi
Alisher Navoiy Ruboiylari - Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo'lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Ushbu to'plamdan o'zbek mumtoz adabiyotining eng sara ruboiylari o'rin olgan.
.png?alt=media&token=6a591a4a-9811-40f4-89e0-3ac25c305d0f)
G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg'a tikondek oshiyon bo‘lmas emish.