Adiblar Uz
Search
⌃K
📚

Zahiriddin Muhammad Bobur G'azallari

(1483-1530)

K’aro zulfing firok’inda

K’aro zulfing firok’inda parishon ro’zg’orim bor,
Yuzungni ishtiyok’ida ne sabru ne k’arorim bor.
Labing bag’rimni k’on k’ildi, ko’zimdin k’on ravon k’ildi,
Nechun holim yomon k’ildi, men andin bir so’rorim bor.
Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,
Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amg’usorim bor.
Agar muslihmen ar musfid, va gar oshik’men ar obid,
Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor.
Fig’onim oshdi bulbuldin, g’ami yo’k’ zarra bu k’uldin,
Base Bobur, o’shal guldin ko’ngulda horhorim bor
Topmadim Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdun o’zga maxrami asror topmadim.
Jonimdek o’zga jonni dilafgor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni girifdor topmadim.
Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana xushyor topmadim.
Nochor furk’ati bilan ho’y etmisham, netay.
Chun vasliga o’zimni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.
Bobur, o’zingni o’rgatakor, yorsizki, men
Istab jahonni, muncha k’ilib, yor topmadim

Charxning men ko’rmagan

Charxning men ko’rmagan jabru jafosi k’oldimu?!
Xasta ko’nglim chekmagan dardu balosi k’oldimu?!
Meni xor etti-yu k’ildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o’zga muddaosi k’oldimu?!
Meni o’lturdu jafoi javr birla ul k’uyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi k’oldimu?!
Oshik’ o’lg’och ko’rdim o’limni o’zimga, ey rafik’,
O’zga ko’nglimning bu olamda harosi k’oldimu?!
Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, k’ilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi k’oldimu?!