Sokin qorong'u tunda
Osmonda yulduz uchdi
Jim olamni bir zumda
Yorug'lik to'lib quchdi.
Yulduzning eng yorqini edi,
Parvozin hech kim kutmagan
Jilosidan qamashib ko'zlar
Kun ko'rmagan-u nur tutmagan
Quvonch kirib qalblar to'riga
Orzularin yulduzga aytib
Isyon edi lekin shunda ham
Endi har tun uchishin kutib.
Uchdi-yu so'ndi bir onda
Yer ham yana zulmatga qaytdi
Abad izin qoldirdi porloq
Ketdi qayoqlarga bilmayman daydi.
Yana o'sha zulmat,
Yana sukunat,
Osoyishta tun, ajib bir zamon
Endi yulduz ko'rgan tun biroq,
Jim-jitlikda o'tarmi omon?
Instagram postda havola oldindan ko’rinmaydi — shuning uchun she’rning
o’zi rasmga aylantirildi. Rasmni yuklab oling va Instagram’ga joylang;
adiblar.uz rasm ichida yozilgan.