Rohimsan
Ko'zlaring osmon
Nazli ohusan,
Olamga shodli-gu
Mening ohimsan.
Sochlaring oftobdir,
Nazaring og'u,
Og'uyingdan darmon,
Umidim dargohimsan.
Jamoling quyoshdir,
Eh daydi bebosh,
Quyoshinga g'aribning,
Yagona guvohimsan.
Oq libosda zeb-u zor,
Kipriklaring bo'yga dor,
Dorki lekin sarmast zor,
Dilozor dilxohimsan.
Nay qomating, sarvi bo'y,
Ey huro, yo'q bu ro'y,
Ro'y huroga parishon,
Tun-u kun nigohimsan
Oldingda tunim yo'g'-u
Sensiz kunim yo'q,
Gul yuzing otashidan
Gul yuzing panohimsan.
Sensiz kechada bedor,
Vasling hadidan bemor,
Shul abad kecha ichin
Muholim sabohimsan.
Yor, eh daydi yor,
Uchgin humo, diyoringa bor
Sa'y etsin Humo ham davo
Yo'qkim, oxir rohimsan.
Instagram uchun rasmni ko’rish
Instagram postda havola oldindan ko’rinmaydi — shuning uchun she’rning
o’zi rasmga aylantirildi. Rasmni yuklab oling va Instagram’ga joylang;
adiblar.uz rasm ichida yozilgan.
Izohlar (1 )
A
Molodes, Humoyun barakalla
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring .