Adiblar.uz Barcha she’rlar
Adiblar.uz · O‘quvchilar she’rlari

Javobing kutib

H Humoyun Jizzaxiy
Eskirgan qalamim qo'limga olib Changigan sahifam uzra bitarman Bechora parchaga dardlarim sochib She'rni tiriklayin ichga yutarman She'rlar bitdim men, ishq og'ida ammo Qancha misralardan ko'nglim to'lmadi Majnun aylab o'zimni, yor vasli chun Sen yorga yuzlanmasam, hech bo'lmadi Xatolar qildim ko'p, izim yo'qotdim Bu yurak taskin topolmadi hech Qayt dedim o'zimga, faqat sen tomon Nadomatlar ila, bo'lmasidan kech. Unutdim seni men, bo'lmadi armon Lazzat va nematga aldanib qotdim Hech biri afsus, bo'lmadi darmon Angladim zulmatga men chuqur botdim Har kuni chaqirding, javob bermadim Dunyo ishi bilan bandekman go'yo Raqaming berdingu, ammo termadim Qarasam barchasi ekanku ro'yo. O'tolmadim sinovlaringdan, Sevgingdan ham lekin hech kecholmadim Aralash tuyg'ular javobsiz qoldi, Hissiyot tenglamasin yo'q yecholmadim. Belgilar berding sen qancha va qancha, Tushundimu senga qaytmadim Hozirchi yuragim yancha va yancha Lekin o'zgasiga bir so'z aytmadim. Yo'limdan toydim men, barchasi rasvo Oldingda bir bora ham uyalmadim O'ylamadim, qilsammi hayo "Shirin" hayollarga hech to'yolmadim Sadosiz qoldirma endi meni yor Javobing uchun har on kutarman Yana o'sha yaroqsiz qator: "Dardlarim zim etmay ichga yutarman"
0 ta baho

Baho berish uchun tizimga kiring.

Instagram uchun rasm
Instagram uchun rasmni ko’rish

Instagram postda havola oldindan ko’rinmaydi — shuning uchun she’rning o’zi rasmga aylantirildi. Rasmni yuklab oling va Instagram’ga joylang; adiblar.uz rasm ichida yozilgan.

Javobing kutib — ulashish uchun rasm

Izohlar (1)

A
Asadbek 3-avgust, 2026

Barakalla Humoyun!

Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.