Adiblar.uz Kutubxonada ochish
Adiblar.uz › Ruboiylar

Alisher Navoiy ruboiylari

Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy “Funun al-balogʻa” asarida (hijriy 840–milodiy 1436–1437-yillar) oʻz davridagi oʻnta sheʼriy janrlarga tavsif beradi (qasida, gʻazal, qitʼa, ruboiy, masnaviy, tarjeʼ, musammat, mustazod, mutavval, fard). Biz yaxshi bilamizki, Navoiy ijodida –

“Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) asari, asosan, tasavvuf gʻoyalari targʻibiga bagʻishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, “Roʻa aboka yuroʻuka” (“Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi”) hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan:

Adib otaga xizmat qilishning sharofatini birinchi ikki misrada koʻrsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek koʻrinadi, ammo endi natijada ayirma bor. Har kim ekkanini oʻradi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta, qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa boʻladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili –

Demak, koʻpchilik (“el”) bir fikr bildirar ekan, bu tasodifiy boʻlmaydi. Ular bir kishidan oʻzini olib qochsa, oʻsha odam elning yomoni boʻladi. Buning sababi esa oʻsha kishining feʼl-atvoridir (“ahvolida idbor nishoni”). Bunday odamning yomonligi faqat oʻzi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni “ulus baloyi joni”, yaʼni “elning joniga bitgan balo” sifatida taʼriflamoqda. Tugal xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam oʻzining yoki oʻzi mansub boʻlgan elninggina emas, balki butun “olam elining yomoni”dir. Shoirning “yamon” soʻzini ikki marta qoʻllashi orqali aytmoqchi boʻlgan fikri alohida taʼkidlanyapti.

aslida, toʻrtta mustaqil devondan tashkil topgan. Shuning uchun ham u xalq orasida “Chor devon” – “Toʻrt devon” nomi bilan mashhur boʻlgan edi. Navoiy ijodini uzoq yillar davomida jiddiy oʻrgangan taniqli adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov shunday deb yozgan edi: “Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat “Xazoyin ul-maʼoniy”ni, hatto uning tarkibidagi bitta devon – “Gʻaroyib us-sigʻar” yoki “Navodir ush-shabob”, yoxud “Favoyid ul-kibar”ni yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulugʻ shoirlarimizdan biri boʻlib qola berar edi”.

qilib aytish mumkinki, agar Navoiy boshqa janrlarda ijod qilmasdan, faqat ruboiylari tufayli ham mana shunday ulkan obroʻ va martabaga ega boʻlaverar edi.

“Xazoyin ul-maʼoniy”da Navoiy oʻz zamonasidagi deyarli barcha lirik janrlar namunasini bergan. Ular orasida gʻazal, qasida, ruboiy, tuyuq, qitʼa, muxammas, musamman, tarjiʼband, tarkibband, mustahzod, masnaviy, soqiynoma, muammo, sevgi va sadoqat ulugʻlanadi. Ayni paytda adolatsizlik, jaholat, loqaydlik, eʼtiqodsizlik qoralanadi.

Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi sheʼrlari faqat oʻsha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi boʻlishi tabiiydir.

Navoiy sheʼriyati bilan muloqot kitobxonlarning ichki olami, maʼnaviyatining boyishiga
Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi sheʼrlari faqat oʻsha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi boʻlishi tabiiydir.

har qanday hol va holatning, narsa va predmetning, hodisaning tasvirini ona tilida yaratib bera olish imkoniyatini yaqqol koʻrsatib berishi bilan ham eʼtiborga molik. Unda maʼshuqa portretini chizib koʻrsatish asosiy maqsad sifatida namoyon boʻlgan.

Dastlab yuzning yuqori qismidagi uzvlar koʻz, qosh va qaboq qalamga olinadi. Ularning barchasi yor uchun mos va munosib. Bu hukm “yaxshi” soʻzi orqali ravshanlashadi. Bu soʻzning misra oxirida kelishi uning gapdagi vazifasi kesim ekanligini koʻrsatib turibdi. Odatda, gapdagi hukmning asosiy mazmun va mohiyati kesimda oʻz ifodasini topadi.

Keyingi qismda yuzning navbatdagi uzvlar: yuz bilan dudoq qoʻyiladi. Ayni paytda roʻyxatga yuz bilan bevosita bogʻlanmagan yana bir jumla (“soʻz”) ham jalb etiladi. Demak, shoir maʼshuqaning faqat tashqi koʻrinishini emas, balki uning maʼnaviy olamini ham nazarda tutadi. Zero, inson maʼnaviyati uning nima deyishida, nimani qanday aytishida ham oʻz aksini topadi.

Oxirgi bayt ruboiyga yakun yasaydi. Bu yerda yana bir yangi soʻz oʻyiniga duch kelamiz. U “boshdin oyogʻing yaxshi” tarzida shakllantirilgan. Bu yerda ham soʻzlarning oʻz va koʻchma maʼnolari mujassamlashgan. Yaʼni, “boshing ham, oyogʻing ham yaxshi” degan sanoq va boshingdan oyogʻinggacha boʻlgan hamma uzvlaring goʻzal degan mulohaza oʻz ifodasini topgan.

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu dafiga davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan gayri rizo qilma havas.
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bulsun, manga — maykhona kerak.
Maykhona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bulsa tula, yona kerak.
Jondin seni kup sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bulmas,
Ondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.
Kim kurdi ekin jahonda oyo khushluq,
To bir kishi aylagay tamanno khushluq.
Yuz yilda agar bir ulsa paydo khushluq,
Omodadur yonida yuz nokhushluq.
Jonimdagi “jim” ikki dolingga fido,
Andin sung “alif” toza niholingga fido,
Nuni dogi anbarin hilolingga fido,
Qolgon iki nuqta ikki kholingga fido.
Dedim: Zaqaning tutub saqogingni upay,
Kuz-qoshingga surtubon qabogingni upay,
Guldek yuzing islabon dudogingni upay,
Yuq, yuq, yuq, agar desang, ayogingni upay.
YO rab, ul shahdu shakar yo labdurur,
YO magar shahdu shakar yo labdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
Gamza uqin qoshiga yolabdurur.
Necha dedim ul sanamga: Bormogin!
Qilmadi ul tark okhir bormogin;
Munchakim khudroyliq kurguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmogin.
Pardani rukhsorasidan olmangiz,
Hohaq ulturdi meni shul olmangiz;
Gar anoristonga sunsa ilgini,
Aytur: — Ul tursun, amonat, olmangiz!
Lalidin jonimga utlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi, vadasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.
Olmani otti nigorim, «ol», — dedi
«Olma birla bu kungilni ol», — dedi
Sursam ersa olamsini rangini
«Olma rangin ne surursan, ol», — dedi
______
She'riy To'plamlar bo'limiga o'tish uchun havola:
'URBATDA G'ARIB...
Gurbatda garib shodmon bulmas emish,
El anga shafiku, mehribon bulmas emish.
Gar oltin kafas uchra kizilgul bitsa,
Bulbulga tikondek oshion bulmas emish.

Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog'ing yaxshi.

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

.
Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

Jonimdagi 'jim' ikki dolingg'a fido,
Andin so'ng 'alif' toza niholingg'a fido,
'Nuni' dog'I anbarin hilolingg'a fido,
Qolg'on iki nuqta ikki xolingg'a fido.

Dedim:'Zaqaning tutub saqog'ingni o'pay,
Ko'z-qoshingga surtubon qabog'ingni o'pay,
Guldek yuzing islabon dudog'ingni o'pay,
Yo'q,yo'q,yo'q, agar desang,ayog'ingni o'pay.

Necha dedim ul sanamg'a: Bormog'in!
Qilmadi ul tark oxir bormog'in;
Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog'in.

Pardani ruxsorasidan olmangiz,
Hohaq o'lturdi meni shul olmangiz;
Gar anoristong'a sunsa ilgini,
Aytur: - Ul tursun,amonat,olmangiz!

La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi,va'dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

Olmani otti nigorim, "ol",-dedi
"Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
So'rsam ersa olamsini rangini
"Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi

Ko'proq
Gurbatda garib shodmon bulmas emish,
El anga shafiku, mehribon bulmas emish.
Gar oltin kafas uchra kizilgul bitsa,
Bulbulga tikondek oshion bulmas emish.

Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog'ing yaxshi.

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

.
Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

Jonimdagi 'jim' ikki dolingg'a fido,
Andin so'ng 'alif' toza niholingg'a fido,
'Nuni' dog'I anbarin hilolingg'a fido,
Qolg'on iki nuqta ikki xolingg'a fido.

Dedim:'Zaqaning tutub saqog'ingni o'pay,
Ko'z-qoshingga surtubon qabog'ingni o'pay,
Guldek yuzing islabon dudog'ingni o'pay,
Yo'q,yo'q,yo'q, agar desang,ayog'ingni o'pay.

Necha dedim ul sanamg'a: Bormog'in!
Qilmadi ul tark oxir bormog'in;
Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog'in.

Pardani ruxsorasidan olmangiz,
Hohaq o'lturdi meni shul olmangiz;
Gar anoristong'a sunsa ilgini,
Aytur: - Ul tursun,amonat,olmangiz!

La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi,va'dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

Olmani otti nigorim, "ol",-dedi
"Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
So'rsam ersa olamsini rangini
"Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi

Bu sahifa Adiblar.uz kutubxonasida to‘liq ko‘rinishda ochiladi — qidiruv, mavzular bo‘yicha navigatsiya va boshqa asarlar bilan birga.