Men o'z bilganimdan qolmadim
Qahrim qattiq bo'ldi,
Mehrim qattiq bo'ldi.
Nasihatni esa olmadim.
Harifim suyundi,
Do'stim kuyundi…
Men o'z bilganimdan qolmadim.
Osoyish botmadi biror bir kunim,
Talashib-tortishib tolmadim.
"Og'irroq bo'l, inim,
Siporoq bo'l, inim …"
Men o'z bilganimdan qolmadim.
Tengimni bilmasdan bir qizni suydim,
Suydim sira kulmay omadim.
"Shohona yasharmiz so'zimga kirsang…"
Men o'z bilganimdan qolmadim.
Quvroq bo'l, deyishdi. Yolg'on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko'rdim, qorani qora –
Men o'z bilganimdan qolmadim.
Ko'nglim sezar endi buyog'i ayon,
Do'stlarim, do'stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo'r shoir bo'laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo'yida
Yalpizga suyanib, o'lib qolaman.
— Muhammad Yusuf