Bugun tunda kelarmish, Bahor...
Derazangdan moʼralab asta,
Gul yuzingdan boʼlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʼlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʼlini,
Toʼqqiz oyki, elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qoru muzni suvga gʼarq qilib,
Izgʼirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʼrab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʼzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʼtgan onga,
Jamolingga boʼlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo,
Bizga iqbol tilarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʼdirib,
Yomgʼirlarni yerga yogʼdirib,
Suvlarini elarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Hissiyotga toʼldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʼngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..
Adiblar platformasi tomonidan she'r haqida ma'lumot
Bu she'rda shoir, bahorning kelishiga doir ajoyib tavsiflar beradi. She'rning boshida, shoir bahor kelishining shirinliklarini tasvirlaydi va o'zining qalbini, yaxshi hissiyotlarini qamrab olganligini ko'rsatadi. Bahor esa shoirning hayotidagi yangilik va omadni tabassum etadi.
She'rning davomida, shoir bahorning go'zalligini jahonga yetkazganligini va bu mehrlarning o'ziga xosliklarini, yangi guldastalarning ochilishiga ishora qiladi. Shoirning manzumasi o'zida, bahor kelgandan so'ng, dunyoda bahorga o'xshash o'zgarishlar ro'y beradi, shu jihatdan shoirning hayoti ham o'zgaradi.
She'rning oxirida shoir bahorning kelishiga hamkorlik qilishni xohlaganligini ko'rsatadi va barcha kishilarga xayrli duolarni aytilishiga chaqiradi. Shoirning manzumasi bahorning kelishi bilan aloqador yaxshi hissiyotlarni ifodalaydi.
✍️ Zulfiya