Adiblar.uz Kutubxonada ochish
Adiblar.uz › Biografiya (Hayoti va ijodi)

Bo'lsam

Adiblar UZ platformasining boshqa onlayn kutubxonalardan farqi shundaki, platformada adiblarimizning 10000 ga yaqin g'azallar, she'rlari va ularning 3 ta tilga — rus, ingliz, fransuz tiliga tarjimalari mavjud. Qo'shimchasiga, ilovada reklama mavjud emas! Muhimi, siz ushbu g'azallarni bizning muxbirlarimizning video va audio sifatida tinglashingiz mumkin.

Bo'lsam

Na bo’lg’ay bir nafas men ham yonog’ing uzra xol bo’lsam,
Labing yaprog’idan tomganki go’yo qatra bol bo’lsam.

Butog’ingga qo’nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O’pib g’unchangni ochmoqliqqa tong chog’i shamol bo’lsam.

Bo’yingni tarqatib olamni qilsam mastu mustag’riq,
O’zimning san’atimga so’ng o’zim hayratda lol bo’lsam.

Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolg’iz,
O’zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo’lsam.

Agar bog’ingda gul bo’lmoq mening-chun noravo bo’lsa —
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo’lsam.

Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo’htondin,
Raqiblar rashkiga ko’krak keray, mayli, qamol bo’lsam.

Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo’lingga, mayli, uvol bo’lsam.

Har yurakning bir bahori bor

Muhabbat-ul o’zi eski narsa,
Lekin har bir yurak
Oni yong’orta…
— Hodi Toqtosh

Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga
ishq bo’lar mehmon.
Har yurakda gullar muhabbat,
Bo’ston etar uni begumon.

Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qop-qora tun.

Eng gullagan yoshlik chog’imda…

Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

Shunda ko’rdi ko’zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.

Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining bo’yi bilan mast.

Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yo’qoldim.

Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim

Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.

Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

Bu sahifa Adiblar.uz kutubxonasida to‘liq ko‘rinishda ochiladi — qidiruv, mavzular bo‘yicha navigatsiya va boshqa asarlar bilan birga.