Asosiy

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 1-100

NASOYIM UL-MUHABBAT
BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM
[Muhabbat va tavfiq bog‘chalarining shabbodalaridan valiylar qalbini ochgan, haqiqat va futuvvat
bog‘larining xushbo‘yliklari bilan do‘stlari ko‘nglini shod etgan Aldohga hamdu sanolar bo‘lsin.
Irfon va faqirlik sharofati bilan faxrlangan Muhammad alayhissalomga salotu salomlar
yo‘llaymizki, u zot tufayli zamon ahliga iymon sharofati yetishdi. U zot (Muhammad alayhissalom)
odatdan tashqari ishlarning manbai, mo‘‘jiza, karomat va ilhomning ma’danidir. Va u zotning ma’sum
ahlu ayollariga, pok sahobalariga ham salotu salomlar bo‘lsin)1
.
Ammo ba’d mundoq arz qilur jahl vodiysining marhalapaymoyi Alisher mulaqqab Navoiy [Alloh
uning yuzini zalolat vodiysidan hidoyat yo‘liga bursin – sakkiz yuz sakson birda bu sarmoyasiz,
notavon Hazrat ustozim, sayyidim, hujjatim, mahdumim va shayx ul-islomim Mavlono, millat va din
nuri – Abdurrahmon Jomiy – unga Allohning rahmati, mag‘firati, salomi va rizosi bo‘lsin]*
xidmatlarida «Nafahot ul-uns mnn hazarot il-quds» kitabi jam’u tartibining boisi bo‘ldum. Andoqki, ul
sharif kitobning fihrastida ul Hazrat nuvvira marqaduhu aning kayfiyatini sharh bila zikr qilibdurlar.
O‘qug‘onlar ko‘rmish bo‘lg‘anlar va o‘qumag‘onlar o‘qusalar, ko‘rgaylar.
Ul kitob xaloyiq orasida mashhur va o‘qumoq va bitimagi shoe’ bo‘ldi.
Ul ma’rifat kunjining valoyatosor holoti zikridin va foyiz ul-anvor maqoloti fikridin ahli
arboblarg‘a naf’lar va shavqu irodat ahlig‘a fayzlar yetishdi.
Doim oshufta xotirga kelur erdi va parishon xayolg‘a evrulur erdikim, ul kitob alfozi forsiydur,
arabiyg‘a payvasta va iborati ishorat ahli tiliga vobasta va ul tillar vuqufidin bahravarlar va ul iboratu
ishoratdin bexabarlar ul alf Ozdin o‘z qobiliyatlari xurdida va ishtig‘ollari muqobalasida naf’lar
toparlar va fayz elturlar.
Ammo turk ulusidin ba’ziki, ko‘ngul sidqu safosig‘a bahramanddurlar, bu kimiyo asar so‘zlar
ta’siriga Tengri inoyatidin arjumand, ul alfozg‘a vuquf qillatidin ul fayzlardin mahrum va bu
haqoyiqning daqoyiqi ularga noma’lum. Xotirg‘a kechmishkim, agar sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga
tarjima qila olg‘aymuman va ul daqoyiqu mushkilotni ravshanroq alfoz va ochuqroq ado bila o‘tkara
olg‘anmuman?–deb mutaammil erdim. Va ne bu xayolu muddaodin o‘zumni o‘tkara olur erdim va ne
ishning azimlig‘i va dushvorlig‘i jihatidin shuru’ qila olur erdim.
To ta’rix to‘qquz yuz birdaki, ul kitobning ta’lifidin yigirma yil o‘tub erdi, Tengri taolo tavfiqi
birla bu ulug‘ ishg‘a ilik urdum va bu azim amrg‘a qalam surdum va Hazrat shayx Fariduddin Attor q.
s. bitigan «Tazkirat ul-avliyo»din ba’zi kibor mashoyixkim, «Nafahot ul-uns»g‘a doxil bo‘lmabdur
erdi – har qaysini munosib mahalda doxil qildim va Hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur erdi,
mumkin bor tilab, topib hazrat Qutb ul-avliyo Shayx Farid Shakarganj q. a.din so‘nggi mashoyixgacha
ilhoq qildim va turk mashoyixi zikri ham ozroq erdi, oni dog‘i Hazrat shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad
Yassaviy r.din bu zamong‘acha ulcha mumkin bor tilab topib, zikrlarin va ba’zi holotu so‘zlarin o‘z
mahalida darj qildim.
Va Hazrat Maxdumi n. m. n.ning oti va muosiru musohib mashoyix q. a. zikri dag‘ikim, ul
mutabarrak kitobda yo‘q erdi, munda qo‘shdum va ul kitobda dag‘i avliyoulloh zikridin ba’zi so‘zkim,
zamon ahlig‘a ko‘p muhtoj un-ilayh ermas erdi itnob vahmidin tarkin tutdum va bu tarjimadin
o‘ksuttum va chun bu valoyat riyozi muhabbat nasimig‘a muhib va futuvvat shamimig‘a sabab bo‘ldi,
anga «Nasoyim ul-muhabbat min sha-moyim ul-futuvvat» ot qo‘ydum. Umidim ulki, bu nasoyimdin
1 Катта қавс ичида арабий ва форсий матнларнинг таржимаси берилди. Арабий ва форсий матнлар эса асар охирида
илова қилинди. * Саррафаллозу важҳау ан водиз-залолати ило тариқил ҳидоятиким, саккиз юз саксон бирда бу бебизоат, адимуд
иститоат ҳазрати устодий ва саййидий ва санадий ва махдумий ва шайх улисломий мавлоно нурул маллати ваддиа –
Абдурраҳмои ал-Жомий алайҳирраҳмату вал-ғуфрону ват-таҳийёту вар-ризвон.
ruhlari toza va shamoyimdin ravhlari beandoza bo‘lg‘on azizlar qoyil ruhini biror duo bila yod va biror
fotiha bila shod qilg‘aylar.
Bu toifa sulukida muqaddima tamhidi
Allohu taboraka va taolo aytdi: biz odam bolalarini azizu mukarram yaratdik, Quruqlik (ot-ulov)
va dengizga (kemalarga) chiqarib qo‘ydik. Yana Alloh taolo aytadiki, albatta bu omonatni (shariati
islomni) osmonga, yerga va tog‘u toshlarga tavsiya qilgan edik, ular mas’uliyatdan bosh tortdilar va
undan qo‘rqdilar. Inson esa, uni o‘z zimmasiga oldi}2.
Bu taqdir bila andoq tahqiq bo‘ldikim, haq subhonahu va taolo mahluqotda bani odamdin
sharifroq va biyikroq xalq qilmaydur, nevchunki, ma’rifatulloh ganjining amini va mahrami uldur.
Va dedikim, [men bir maxfiy xazina edim, o‘zimni bildirish, tanitish uchun barcha olamii
yaratdim]3. Va chun maxluqning zotida bashariyatni doxil qildi. Bashariyat muqtazosi bila alardin
nopisand ishlar vujud tutti. Muning islohi uchun ba’zi bir guzida bandalar boshig‘a nubuvvat tojin
qo‘yub, beliga hidoyat kamarin bog‘lab, bu maxluqning amru nahyig‘a o‘z ollidin mahkum va bularg‘a
hokim qildi. Va Kalomu ahkom alar uchun nozil qildi, to ul ma’rifatg‘a alarni dalolat qildilar. Chun bu
maxluqlar aning asmo’ va sifotining mazohiri erdilar va har sifatg‘a muttasif erdilar. Har qaysi o‘z
qobiliyatig‘a ko‘ra ul sifatg‘a munosibki, anga mazhar erdi, taraqqiy va tafovut zohir qildilar va
zotlarida bashariyat g‘olib erkan jihatidin muxtalif adyon va milal arog‘a tushti. Ul zamong‘achakim,
xalqning ashaddi va ag‘lazi a’rob erdilar, balki alar orasida Qurayshki, alarning hidoyati uchun Hazrat
Risolat s. a. v. niki murodi ofarinishdin ul hazratning sharifu pok zoti erdi, habiblig‘ig‘a muttasif qilib,
ul gumrohlar hidoyatig‘a yibordi va ahkomin ul Hazratg‘a nozil qildi. Chun anbiyoning ashrafi erdi,
qavm-aqvomning ashaddi. Har oyinakim, nozil bo‘lg‘on kalom qonuni bila shariat ahkomin andoqkisharti erdi tuzdi va botil milAlii oradin chiqardi va qobil xalqni ul ma’rifatg‘a musharraf qildi.
Andoqki, kirom ashobidinki, bu davlatu saodatg‘a foiz erdilar, biri o‘z holidin xabar berurki, [agar
parda ko‘tarilmasa, ishonch ortmaydimi?]4
Va chun ul Hazrat s. a. v. anbiyoning xotimi erdi va andin so‘ngra nubuvvat eshigi bog‘landi. Har
oynnakim, noqislar takmilig‘a ummatining komilu olimlarini nomvar ettiki, burung‘i anbiyo o‘rnig‘a
uhda qilgaylar va yo‘ldin chiqg‘onlarg‘a yo‘l ko‘rguzgaylarki (ummatim ulamosi Bani Isroil olimlari
kabidur. Va yana – ulamo payg‘ambarlar vorisidir»]5, ahodisi andin xabar berur va ul Hazratdin
so‘ngra buzurgvor ashobi rizvonullohi taolo alayhim ajma’in xaloyiqqa bu rahnamoylig‘ni bajo
kelturdilar va Haq subhonahu va taolog‘a yo‘l ko‘rguzdilar va ul sohib davlatlardin so‘ngra bu
ummatning mashoyixi va avliyoulloh q. t. a. bu irshodg‘a ishtig‘ol ko‘rguzdilar va va’da budurkim,
olam inqirozig‘achakim, millat va shariat siyrati mustaqim bo‘lg‘usidur.
Bu toifakim, valoyatu karomat ahlidurlar va xaloyiqqa irshodu uhda qilurlar, muborak zotlarining
barakoti bu millat ahli boshidin kam bo‘lmag‘ay.
Bu toifaning a’molu af’ol va muomilotu riyozotidin ba’zini zikr qilmoq
Bularning avval ishlari tavbadurkim, Haq s. t. barcha manhiy ishlardin alarg‘a ijtinob karomat
qilg‘ay va andin so‘ngra luqma hilliyatikim, ul bobda ulcha mumkindir, sa’y qilurlar. Har oyina [kosib
ollohning sevgan bandasidir]6 mazmuni bila kibor mashoyix ba’zi san’atlarga ishtig‘ol qilibdurlar.
Ul jumladin, Shayx ul-mashoyix Shayx Abu Said Xarroz q. r. a. erdikim, alarni mashoyix Qamar
us-sufiya debdurlar. Va shayx ul-islom muqarrabi Hazrat Boriy Xoja Abdulloh Ansoriy q. r. mashoyix
ta-baqotinkim bitibdurlar, jamii avliyoullohdinkim zikr qilibdurlar, barchadin alarni ko‘prak vasf
qilibdurlar va martabalarin biyikrak tutubdurlar. Alar o‘tuk tikarga mansubdurlar.
Va Shayx Muhammad Sakkok q. s. kim, o‘z zamoni mashoyixining yagonasi ermish,
pichoqchiliqqa mansubdur.
Va Shayx Abu Hafz Haddod q. r. temirchilik qilibdur.
Va Shayx Abubakr Xabboz q. s. o‘tmakchilikka mashhurdur.
Va Shayx Abulabbos Omiliy q. s.kim, o‘z zamonining qutbi va g‘avsi ermish va sultoni tariqat
Shayx Abusaid Abulxayrning xirqa piri ermish, qassobliq qilibdur.
Va Shayx Ibrohim Ojuriyki, xisht avalabdur.
Va Mirchai Safolfurushki, Xuroson elining piri ermish, doshgarlik qilibdur.
Va Shayx Abulhasan Muzaiyin va Shayx Bannon – hammol va Shayx Abulhasan – najjor.
Va mutaaxxir mashoyixdin zamonining yagonasi Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband q. r. a.ki,
kimxo naqshini bog‘lamoqqa mashhurdurlar.
Va soyir mashoyixi kibordin ham ko‘pi halol luqma kasbig‘a muzdurluq qilibdurlar, o‘tin
toshibdurlar va halol luqma bu ishda kulliydurki, ondin fayzu ma’rifat zoyanda bo‘lur.
Va bir shubhalik luqma oncha tiyralik keltururki, ko‘p vaqt oning islohig‘a mashg‘ul bo‘lub,
ma’lum emaski, daf’i ne nav’ surat bog‘lar.
Ondin so‘ngra shariat rioyatidurki, ul jodada istiqomat bo‘lg‘ay va ulcha mumkindur ondin qadam
tajovuz kilmag‘oy.
Shayx ul-islom q. r. a. debdurlarki, har nimadin 6ir miqdorni olsalar, bir miqdori qolur, shariatdin
o‘zgaki – bir, miqdori ondin kam bo‘lsa, hech nima qolmas. Bu toifaning shariat rioyati va sunnat
mutobaatidin ulug‘roq ishlari yo‘qdur. Ul ishda rusuxu istiqomatdin dushvorroq amrlarikim, Hazrat
Risolat s. a. v.din manquldurkim, bir saboh ashob ul Hazratning muborak mahosinlarida necha tuk oq
ko‘rdilarki, burung‘i kun yo‘q erdi. Taajjub yuzidin tafahhus qildilar, ersa ul Hazrat buyurdilarki,
o‘tgan kecha «Hud» surasi mulohazasida (bas, Ey Muhammad, siz va siz bilan birga tavba qilgan
zotlar o‘zingizga buyurilgani yanglig‘ to‘g‘ri yo‘lda bo‘lingiz]7 oyatida taammul qilur erdim. Oning
su’ubatidin bu voqe’ bo‘lubdur va ul Hazratning sunnatlarining rioyati va onda istiqomatki, filhaqiqa
Haq s. t. amrining. rioyatidur va ondin dushvorroq nima mutasavvar ermasdur. Bu rioyatu istiqomat
soyir sunandadur. Va umdalariki, faroyizdur va islom arkonidur.
Va oning avvali shahodat kalimasidur va alhaq jami’i avliyoullohu mashoyix q. t. a.ning zikrlari
xoh xafiy va xoh jahr ul tarkibdur, balki ul kalimaki, mudovamatini ul yerga tegurubdurlarki, bir lahza
ondin g‘ofil, balki bir turfat ul-ayn ondin g‘oyib bo‘la olmaslar. Va ondin mash’ufu mustag‘raq
bo‘lubdurlarki, ba’zi bu kalimann eshitgach, behush bo‘lub, yiqilibdurlar. Va ba’zining ham bu kalima
istimo’idin ruhlari muforaqat qilibdur.
Va yana biri saloti xamsadurki, ul nav’ki bu toifa ado qilibdurlar, aql qoshida mahol ko‘runur.
Va ul jumladin, shayx Husayn Mansur Halloj H. s.durki, bovujudi ul da’volar va bovujudi saloti
xams adosidin boshqa bir kechalik kunduzlikda Shayx ul-islom q. s. debdurki, ming rak’at nofila
guzorlar erdi. Va alarga qatl bo‘lg‘on kunning kechasi besh yuz rak’at ado qilib erdilar. Va sulton ulorifin Shayx Abu Yazid Bistomiy q. s. namoz qilsa erdilar, qa’-qa’alarning ko‘ksi so‘ngaklaridin
chiqar erdi. Haq s. t. haybatidin va shariat ta’zimidin va hozir xalq eshiturlar erdi. Va Shayx q. t.ni
ba’zi mashoyix ta’n qilibdurlarki, namoz qilmas. Alar debdurlarki, namoz qilurda manga bir hol voqe’
bo‘lur. Siz ham mulohaza qiling, agar ul hol bila namoz joyiz bo‘lsa, qiloyin. Mulohaza qilibdurlar:
«Allohu akbar» deb takbiri tahrima bog‘lag‘ondin so‘ngra, har tuki tubidin bir qatra qon bosh urubdur.
Yana biri zakotdur. Bu toifa dunyo tarkini ixtiyor qilibdurlar. Alardin yuzdin biri sohibi nisob
bo‘lmaslarkim, alarg‘a zakot farz bo‘lg‘ay. Ba’ziki, bo‘lsalar ham tamomin Tengri yo‘lig‘a sarf
qilurlar va minnat jonlarig‘a tutarlar.
Shayx Abubakr Shibliy q. s.din bir faqih so‘rubdurki, zakot adosi ne nav’dur? Shayx debdurlarki,
sanga farz bo‘lur zakotnimu deyin? Yo manga farz bo‘lur zakotnimu deyin? Aytibdurlarki, manga
bo‘lur zakot qaysidur va sanga bo‘lur zakot qaysidur? Shayx debdurlarki, sanga bo‘lur zakot uldurkim,
har ikki yuz diramdin besh diram Tengri yo‘lida bergaysan. Manga bo‘lur zakot budurkim, har ikki yuz
diramdin ikki yuz besh diram Tengri taolo yo‘lida bergaymen. Debdurlarkim, ikki yuz diramkim
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 6
berildi, yana besh diram nedur? Shayx debdurlarki, ul besh diramni burj qilib, ul ikki yuz diram bergan
shukronag‘a berilg‘ay. Va bu Abubakr Siddiq mazhabidur, raziyallohu anhu.
Yana biri ro‘zadurkim, soyir xaloyiq fajr tulu’idin kunas g‘urubig‘acha yemak-ichmakdin va
mubosharatdin imsok qilurlar. Bu toifa anga ko‘shish qilurkim, andoqki, yemak-ichmakdin bo‘g‘uzg‘a
savm buyurg‘aylar. Jami’i a’zog‘a o‘z qilur fe’llaridin ro‘za buyurg‘aylar. Ko‘zga nomashru’ nimaga
boqardin va quloqqa nomashru’ un eshiturdin va oyoqqa nomashru’ qadam urmog‘din, ilikka
nomashru’ nima tegmakdin va alo hozo jami’i a’zog‘a bu dastur bila. Va bovujudi bu su’ubatlarbarchadin sa’broq ko‘ngul ro‘zasidurki, Haq s. t.din o‘zga hech nima xotirg‘a kechmakdur va bu
ro‘zani doimiy ko‘ngulga buyururlar.
Islomning bu mazkur bo‘lg‘on to‘rt rukni takmil topqandin so‘ngra hajdurki, soyir xaloyiqqa sharti
istitoat va amni tariqdur. Va bu toifaga amni tariq, Haq taolo mulkidadur, ya’ni har yerki, Haq s. t.
mul-kidur, onda asrag‘uchi o‘zidur. Va istitoat oning xizonai karamidurki, ul yo‘lg‘a bovujudi ul to‘rt
ruknning mazkur bo‘lg‘on rioyati bu nav’ amni tariq va istitoat bila qadam urarlar va tavakkul bila ul
yo‘lni qat’ qilurlar.
Yana bovujudi shariat rioyati va tariqat odobidurki, bu toifa mar’iy tutarlar. Ul adabdurki,
yaxshiyu yomong‘a va ulug‘u kichikka bajo keltirurlar. Andoqki, borcha xaloyiqdin o‘zlarin kichik va
kamroq tutorlar va barchag‘a xizmat huzurida bo‘lurlar. Hattoki, o‘z farzandlarig‘a va xodimu
mamluklarig‘aki, har necha alardin beqoidalig‘ ko‘rsalar, xushunat birla alarg‘a so‘z demaslar, balki
nasihatni yumshog‘ va chuchuk til bila qilurlar, hattoki o‘g‘rig‘acha.
Manquldurki, Hazrat Xoja Abulvafoyi Xorazmiy q. r.bir ravzan yorug‘lig‘ida o‘lturub, mutolaa
qilurlar ermish. Bir o‘g‘ri angdib, alarning dastorlarin sirmabdur. Alar o‘zlari tarafidin tutubdurlar va
o‘g‘ri iztirob bila tortor ermish. Alar der ermishlarki, he valloh, eski va yirtiqdur. Sizning hech
ishingizga yaramas. Bu so‘zni muqarrar qilibdurlar. O‘g‘rig‘a asar qilmay tortor ermish. Xoja ojiz
bo‘lg‘ondin so‘ngra dastorni qo‘yaberib, demishlarki, sizga har necha ayttuq, inonmadingiz,
ochqaningizda ko‘rgunguzdur. O‘g‘ri nariroq borg‘ach, ochib ko‘rsa, Xoja degondek, bag‘oyt eski va
pora-pora ko‘rub, toshlabdur. Xoja bilibdurki, ko‘rgach tashlag‘usidur, keynicha borib, dastorni
olmishlar va boshlarig‘a chirmarda o‘z-o‘zlari birla der ermishlarki, har necha ayttuqki, yaramas,
inonmaslar, o‘zlari ko‘rmaguncha tashlamadilar. Yana bovujudi bu nav’ adab saxoe mufritdurki, oni
bu toifa bazli mavjud derlarki, hech nimalarin hech kishidin ayamaslar.
Manquldurki, Xoja Abunasr Porso q. r.ning Balxda bir yaxshi otlari bor ermish. Va hokimning
xotiri ko‘p ul ot sori moyil ermish. Ammo tilamas ermishki, shoyadki, Xojaning muborak xotirlari ham
anga vobasta erkin. Bir kecha ikki o‘g‘ri ittifoq qilibdur. Tavilani teshib, ul otni chiqarib eltibdurlar.
Tong erta ma’lum qilg‘och, muridlar va mulozimlar iztirob birla kelib, Xojag‘a arz qilibdurdar. Xoja
debdurlarki, biz oz minar erdik, eltgan kishilarga bizdin darboyistroq erkandur.
Ashob hokimg‘a arz qilurlar. Hokim ul tama’ig‘aki, bu vasila bila shoyad Xojadin tilasa bo‘lg‘ay.
Tush-tushdog‘i yo‘llorg‘a kishilar choptirib, o‘g‘rilarni tutub, bir ulug‘ navkaridin Xoja xizmatig‘a
yuborur, ikki ko‘histoniy o‘g‘ri bila. Ashob aydurlarki, hokim o‘g‘rini tutub, otni falon ulug‘
navkaridin yiboribdur, toshqoridur. Xoja derlarki, kirsun! Ul navkar kirgach, Xoja ta’zim uchum
qo‘porlar va oni o‘lturdurlar. Ul ikki mulozimlarg‘a ishorat qilurkim, o‘g‘rilarni kiyururlar. Iliklari
boglig‘. Alar ham kirgoch, Xoja hamul dastur bilan qo‘porlar va alarni o‘lturdurlar va iliklarnn
yeshtirurlar va so‘rarlarki, Qaydalig‘siz?- Derlarki, ko‘histonlig‘. So‘rarlarki, holo, ul yon ozim
erdingiz? Derlarki, bale. Derlarki, magar yoyog‘ erdingiz? Derlarki, bale. Derlarki, qo‘nung, ul ot sizga
darboyistroqdur, oling va boring! Hokim navkaridin hokimg‘a minnatdorlig‘ bila uzr qo‘lub yiborurlar.
Yana hilm va burdborlig‘durki, bu toifag‘a har kimdin har shiddat yetishsa, alar lutfu madoro bila
o‘tkorurlar va muqobalada minnatdorlig‘ bila uzr qo‘larlar.
Ul jumladin azize erdi, bu toifaning mukammalidin va Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy
q. s. ning kibor ashobidin erdi va faqirning alar xizmatida ko‘p irodatim bor erdi. Va alar yaxshi un
samoi’g‘a mash’uf erdilar. Mug‘anniyi bor erdi xush ovoz, ammo kichik yoshlig‘ va devonasoru sho‘x
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 7
erdi. Majlisda o‘lturaturg‘och sekrib, ul azizning bo‘ynig‘a minib, ayog‘in depsar erdi. Alar rifqu
madoro bila aytur erdilar: Hordingiz erkin, tushsangiz ham siz bilursiz. El malomat qildilar. Ersa, alar
man’ qildilarki, ul ajab karamu ehson qiladurki, aytmaydurki, qo‘p, toshqori bozorg‘a ushbu dastur bila
mani elt! Agar desa erdi, eltmoqdin o‘zga ne chora bor erdi?
Yana rizodurki, har ne haqdin kelsa, va har kim sabab bo‘lsa, musabbibdin o‘zga kishini orada
ko‘rmagaylar. Va rizo izhoridin o‘zga alar tili va ko‘ngliga kirmagay. Ham ushbu mazkur bo‘lg‘on
azizning bir o‘g‘li bor erdi. Bag‘oyat qobil, husni xulqi bag‘oyat kamolda va bir yolg‘uz o‘g‘il erdi.
Qazoro bemor bo‘ldi va necha kundin so‘ngra Tengri hukmin butkardi. Bir shahr xalqi shohdin
gadog‘acha ul sababdin motame erdilar. Ul azizning holig‘a va libosig‘a tag‘yir bo‘lmadi.
Motamelarg‘a ko‘ngul berib, haq rizosig‘a targ‘ib qilur erdilar. To ko‘tardilar va madfang‘a elttilar,
o‘zi qabr ichiga kirib aziz farzandin shar’ vajhi bila qabrda qo‘yub, mag‘firat duosi qilib chiqti va so‘zi
bu erdikim, [Allohning hukmiga bizni rozi qildi.)8. Va shahr xalqi, akobiru ashrof barcha lol erdilar.
Yana sabrdurkim, har ne haqdin, yuzlansa, tahammul pesha qilg‘ay va har balo kelsa, sabr qilg‘ay.
Ul jumladin Shayx Sahl bin Abdulloh Tustariy q. r. a.din manquldurkim, alar yillar bavosir
marazig‘a mubtalo erdilar. Va hol ulkim, alar ul zamonning mashoyixi arosida mustajab ud-da’vo
erdilar. Har kishiga bir, su’ubatu baloe voqe’ bo‘lsa, alardin duo istid’o qilur erdilar. Alar duo qilg‘och,
mustajob bo‘lub, ul tashvishdin qutulur erdi. Yillar ul sa’b marazig‘a sabr qilib, duo qilmadilarki, har
ne Tengridin kelsa, xushdur. Biz oni nechuk rad qilali?
Yana sidqdurki, g‘ayri voqe’ so‘z tilga mutlaqo joriy bo‘lmag‘oy.
Manquldurki, Hajoj b. Yusuf qatlidin imomzodalardin biri qochib erdi va keynicha jami’i qavub
kelur erdilar. Bu toifadin birovki, ul imomzodag‘a ixlosu xizmatkorlig‘i bor erdi, yo‘luqti. Alar iztirob
yuzidin dedilarki, bir yer topsang, biznn yoshurki. Bu jamoat bizning qatlimizg‘a keladurlar. Va iynak
yetishtilar. Ul darvesh dediki, bu vayronag‘a kiring! Anda bir buzuq erdi. Imomzoda onda jon havlidin
kirdi. Kirgoch, qavib keladurg‘onlar ul darveshg‘a yettilar. So‘rdilarki, bu boradurg‘on kishi qayon
bordi? Ul darvesh dediki, bu buzuqqa kirdi. Alar bir necha yig‘och va qamchi urub, dedilarki, oni
uzasun deb, bizni hayalg‘a solursan, deb o‘ttilar. Alar ketgandin so‘ngra imomzoda chiqib, ko‘ngul
qolish qildikim, ravo bo‘lg‘oykim, o‘zung vayronada bizni yoshurub, o‘zung dushmang‘a so‘rog‘
berursen? Ul darvesh ayttikim, ey maxdumzoda, maning rostliqim barakatidin xalos bo‘ldung. Endi o‘z
fikringni qil, dedi. Va aning maxlasig‘a tadbir qildikim, ul xalos bo‘ldi. Va bu nav’ hamida axloq va
pisandida sifotki, bu toifadin voqe’dur, ko‘pdurki, agar sharhin qilsa, yana bir kitob yasamoq kerak.
Va yana azim riyozatlarki, shariat ani mutaayyin qilmaydur. Ham toifadin mutanavvi’ voqe’
bo‘libdurki, oning ham sharhining tuli bor. Ul jumladin, biri niyat bila bir oyda bir iftor qilmoq va bir
oida bir vuzu’ bila namoz qilmoqki, ba’zi mashoyix r. a. a.din voqe’ bo‘lubdur. Va Sultonn tariqat
Shayx Abu Said Abulxayr q. s.kim avoyili sulukda alar har kecha bir chohdin bosh to‘ban o‘zlarin osar
ermishlar va tongg‘acha zikr aytur ermishlar. Va andoq bo‘lur ermishki, muborak ko‘zlaridin qon kelur
ermish va Hazrat Shayx ul-islom q. r. durkim, Hirida sakkiz botmon non bir tansug‘a ermish va alar
yoz giyohi birla kun kechurur ermishlar. Va Shayx ul-islom Shayx Ahmad Jom q. s.kim, o‘n sakkiz yil
Yazd tog‘ig‘a chiqib, xalqdin i’roz qilib, ul tog‘da toat qilibdurlar. El yuzin ko‘rmaydurlar va onda
yemak ma’lum emas erkondurki, qaydin va qishda kiymak qaydin? Har oyinakim, bu buzurgvorlarg‘a
haq subhonahu va taolo bu suluku riyozatlari muqobalasida o‘z fazlu karami birla oncha mavhibat
nasib qilibdurki, olam salotini yuzlarin alarning ostonalarig‘a surtubdurlar va ro‘zgorlarining sharafi
ko‘rubdurlar alardin bir nazar istid’osig‘a va alarning muborak nazarlarin ba’zig‘a solibdurlar, ba’zig‘a
yo‘q.
Avliyoullohg‘a voqe’ bo‘lg‘on xavoriqi odotu karomot bayoni
Va ul ko‘pdur avliyoullohning marotibidek.
Ul jumladin bir nechasi bulardurlar: Ma’dum ijodi va mavjud i’domi va mastur amr izhori va zohir
amr istori va duo istijobati va oz muddatda ba’ida masofat qat’i va hisdin g‘oyib ishlarga ittilo’ va
andin xabar etmoq va vohid zamonda muta’addid va muxtalif makonga hozir bo‘lmoq va mavto ihyosi
va ihyo imotasi va jamodot va nabotot va hayvonot kalomining samo’i va maoniysig‘a vuquf topmoq,
tasbihdin va g‘ayridin va at’imayu ashriba izhori hojat vaqti besabab zohir bo‘lmoq va suv ustida
yurumoqdek va havoda sayr qilmoqdek va yemak ul nimaniki, odatan ul g‘izo bo‘lmag‘ay va hayvonot
tasxiri va badanda mufrit quvvat izhori andoqki, daraxtni tubidin qo‘ng‘ormoq, samo’ vaqtida. Va
devorni barmoq ishorati bila shaq qilmoq va ilik ishorati birla muxolifning boshin uchurmoq va
daryolarda g‘arq bo‘ladurg‘on kemani tutub, qiroqg‘a chiqarmoq va olam hayulosida har ne nav’
tasarrufiki, har ne tilasa qilmoq, misli yomg‘ur yog‘durmoq va yel esturmoq va sel kelturmoq va daf’
qilmoq va chuvurtka ofatini daf’ qilmoq va har surat bila mutamassil bo‘lmoq. Biyobonda sargashta va
ovora bo‘lg‘onlarg‘a rahnamoyiliq qilmoq va dastgir bo‘lmoq.
Va Haq s. t.g‘a andoq muqarrab bandalar va do‘stlar ham borki, bu borcha mazkur bo‘lg‘on
holatdin ijtinob qilurlar, balki or qilurlar, nevchunki, bir turfatulayn Haq s. t. shuhudu istig‘roqidin
g‘ofil bo‘la olmaslar. To ul saodatdin g‘ofil bo‘lmog‘uncha bu nimalarga maylu iltifot qilsa bo‘lmas.
Har oyinaki, ul maqsudi asliydin har amrki, bu buzurkvorlarni bir lahza g‘ofil qilg‘ay agar barcha
behishti jovidondurki, alarg‘a do‘zaxcha bor, andin ijtinob yo or qilsalar, muhiq bo‘lg‘aylar. Umid
uldurki, bu zalolat vodiysida gumrohdek mahrumlar bu hidoyat olamida rahnamoylarning oyog‘i
tufrog‘i bila tiyra bo‘lg‘on botin so‘zlarin yorutmoqqa bahramand bo‘lg‘aylar. Va xokisor boshin ul
ayog‘larg‘a tufroq qilmrq bila sarbaland. Emdi alar zikriga shuru’ qilali. Mutolaa ahlig‘a ma’lum
bo‘lsunki, «Nafahot» dasturi bila bu kitobda «shayx ul-islom» har yerdakim mazkur bo‘lur, ondin
maqsud Hazrat Xoja Abdulloh Ansoriy q.s. dur va «Hazrat Maxdumiy» har yerdakim marqum bo‘lur,
Janobi Maxdumiy Nuvvira marqaduhu nurandur.
1*
. Shayx Uvays Qaraniy q. r.
[Ollohning payg‘ambari aytgan: Uvays Qaraniy ehson va mehribonligi bilan tobiinlarning
yaxshisidir]1
. Goh-goh Xojai olam s. a. v. muborak yuzin Yaman sori qilib der erdikim, [Men
xudoning nafasini Yaman tomonidan tuymoqdaman]2. Birovning vasfikim, oning vassoffi Xojai
koinot bo‘lg‘ay va nafasi nafasi rahmon bo‘lg‘ay, vasf qilmoq bag‘oyat beodoblnq bo‘lg‘ay. Ham
Xojai Koinot s. a. v. buyurubdurkim, tongla qiyomat kuni Haq s. t. yetmish ming farishta
____________
*
Uvays surati bila yaratqoy. To ul alarning orasida arosotg‘a kirib, behishtga borg‘ay. To hech kim
ma’lum qilmag‘ay. Tengridin o‘zgaki, ul qaysi biridurki, ul dunyoda barcha xalq ko‘zidin yoshurun
Tengri taolog‘a qulluq qilur erdi. Qiyomatda dog‘i Tengri taolo ani barcha nomahram ko‘zidin mahfuz
tutqay.
Naqldurki, Hazrat Risolat s. a. v. olamdin o‘tarda, ashob r. t. a. so‘rubdurlarkim, sizning muraqqa’
kimga havoladur? Debdurlarki, Uvays Qaraniyg‘a bersunlar va desunlarki, maning ummatimni duo
qilsun! Hazratdin so‘ngra Foruq va Murtazo r.t.a. Ko‘fag‘a borib, Yaman elidin so‘rub, Qaranda
Uvaysni topdilarkim, teva kutub yurur erdi. Muraqqa’ni topshurub, ummat uchun duo istid’o qildilar
va bu ma’nida so‘z ko‘pdur. Sharhi bila bilayin degan kishi «Tazkirat ul-avliyo»ni o‘qisun. Oning
holotini tamom bitisa, yana bir boshqa kitob bitimak kerak.
Uhud urushida Payg‘ambar s. a. v.ning muborak tishi shahid bo‘lg‘onin eshitib, mutobaat uchun o‘ttiz
ikki tishin ushotti. Har birinki, ushotur erdi, der erdiki, shoyad bu tish emas erdi ekin. Yana birii
ushotur erdi. To mundoq qilib, barcha tishlarin ushotti. Va Hazrat Risolat s. a. v.ni ko‘rmabdur erdi va
* Қўлёзмаларда шайхлар тартибига рақамлар қўйилмаган. Лекин Туркияда чиққан (К. Эраслан, 1996) танқидий матнда
рақамлар қўйилган. Изоҳ ва таржималардан фойдаланишни назарда тутиб, бу нашрда ҳам рақамлар берилди.
ul Hazrat ham oni zohir ko‘zi bila ko‘rmabdur erdilar. Ma’noyu ruhopiyat yuzidin tarbiyat qilib erdilar.
Bu jihatdin har kishiningki, bu toifadin zohir yuzidin piri ma’lum bo‘lmasa va mashoyixdin birining
ruhi oni tarbiyat qilg‘on bo‘lsa, oni Uvaysiy derlar.
2. Habib A’jamiy q. r.
Komil riyozati va vofiy muomaloti bor erdi. Avoyilda g‘aniy erdi, elga yormoq sudg‘a berur erdi. Har
kun muddailarg‘a yormoq tilay borur erdi. Agar vajh ado qildilar, yaxshi, yo‘q ersa, ayog‘ining muzdin
olur erdi va andin qut qilur erdi va xalq tiliga bu sifat bila mazkur bo‘lur erdi. Va tavbasig‘a sabab bu
erdiki, bir kun bu nav’ vajhin taom pishurub erdi. Soyil «Shay’anilloh [Olloh uchun biror narsa ber!]1
dedi. Ul achchig‘lanib, soyilni qavdiki, taom ozdur, sanga yetmaz.
Xotuni chun taomni chiqarug‘a qozonning boshini ochdi. ko‘rdiki, ul taom tamom qon bo‘lubdur. Ani
tilab ko‘rguzdiki, soyilg‘a shiddat qilg‘aning shumlug‘idin bu hol voqe’ bo‘lubdur. U bu holni
ko‘rgach, holi mutag‘ayyir bo‘lub, Shayx Hasan Basriy xizmatig‘a yetib, har nedinki bor erdi, chiqib,
inobat yuzidin tavba qildi va har kimda har nesiki bor erdi, anga musallam tutti va mashg‘ul bo‘ldi. Va
Shayx Hasan Basriy q. s. qoshida kunduz ilm o‘rganur erdi va kecha tong otguncha toat qilur erdi. Va
ani «A’jamiy» aning uchun derlar erdiki, Qur’onni durust o‘quy olmas erdi, ammo sohibkamollar
aning qoshida tifli maktab erdilar. Bir xuniyni dorg‘a osib erdilar: Habib andin o‘tarda ko‘zi anga
tushti. Qecha ul xuniyni voqeada ko‘rdilar, behishtg‘a jilva qilur. So‘rdilarki, sen ul fe’ling bila bu
martabag‘a nechuk yetting? Dediki, meni u yerdaki qatl qildilar, Habib A’jamiy o‘tub borur ekandur,
ko‘zi manga tushubdur, bu manzilat aning bir nazari barakatidin toptim.
3. Abu Xozim Makkiy q. t. s.
Hasan Basriyning shogirdidur va ko‘p mashoyix suhbatig‘a yetibdur va uzun umr topibdur. Va
mashoyixiing aning ta’rifida mubolag‘alari bor ermish. Hisham b. Abdulmalikki, xalifa erdi, andin
so‘radiki, nedurki, aning sababidin najot topqanbiz? Dedi: uldurki, har ne olsang, bir yerdin
olg‘aysenki, halol bo‘lg‘ay va bir yerga borg‘aysenki, haq bo‘lg‘ay. Hisham dedi: muni kim qila
olg‘ay? Dedi: ulki do‘zaxdin mutavahhim bo‘lg‘ay va behishtka tolib va maqsudi – Haq rizosi.
4. Ataba b. G‘ulom r. t.
Ajab raveshi bor erdi va nafsni doim taabda tutar erdi. Hasan Basriyning shogirdidur. Tavbasining
sababn buni debdurlarki, bir zaifaga oshiq bo‘lubdur. Ma’shuqig‘a xabar qilibdurlarkim, falon senga
oshiqdur. Ma’shuqa e’lom qilibdurki, mening qaysi uzvum sanga maqbul tushubdur? U debdurki:
Ko‘zlaring. Ul zaifa ikki ko‘zini o‘yub, bir tabaqqa solib, aning qoshig‘a yiboribdurki, onak
mahbubingg‘a nazzora qil. Anga g‘arib holat dast berib, tavba qilib, Tengri yo‘lig‘a kiribdur.
5. Molik Dinor q. t. s.
Bu toifaning akobiridindur. Otasining oti Dinor ermish. Va ul bandazoda ermish, ammo ikki olamdin
ozoda ermish. Ba’zi debdurlarki, ul kemaga kiribdur va sohilga yetganda, kemachilar muzd tilabdurlar
va aning muzd berguncha vajhi yo‘q erkandur. Kemachi anga qatig‘ izo qila boshlabdur. Daryodin
chandin hazor baliq har biri bir dinor og‘izlarig‘a tutub, suvdin bosh chiqaribdurlar. Birining og‘zidin
olib, kemachig‘a beribdur va aning muzdi bir dinor-o‘q ekandur. Bu sababdin ani Molik Dinor
debdurlar. Va ul Shayx Hasan Basriy q. s. suhbatig‘a yetibdur. Ul debdurki, «Kalomullohada
o‘qubmenki, Tengri taolo bandasig‘a ikki inoyat qilibdurki, maloikai muqarrabindin Jabroil va
Mikoilg‘a qilmaydur. Biri buki, debdurki: [Bas, meni eslangiz, men ham sizlarni eslayman, menga
shukr qilingiz va meni inkor qilmaygiz!1
Yana biri buki, debdur [Duolaringizni mustajob qilurman2
].
Aning vafotidin so‘ngra buzurg ani voqeada ko‘rub so‘rdikim, Tengri sanga ne qildi? Ul dediki,
Tengrini ko‘rdum, muncha gunohimki bor erdi, barisini yaxshi gumonim jihatidinki, Tengriga bor erdi,
mahv qildi va bag‘ishladi. Yana bir buzurg ani va Shayx Muhammad Vosi’ q. r. voqeada ko‘rubdurki,
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 10
ikkisi behishtqa borur erdilar. Molik Dinor Muhammad Vosi’din ilgarirak erdi. Debdurki, Muhammad
Vosi’ Molikdin olimroq va komilroq erdi, bu nechuk andin ilgarirak behishtka boradur? Debdurlarki,
dunyoda aning ikki ko‘nglaki bor erdi va Molikning bir.
6. Muhammad Vosi’ r. t.
O‘z zamonining benaziri erdi va tobiindin ko‘pga xizmat qilibdur va suhbatig‘a yetibdur va ko‘p
mashoyix bila suhbat tutubdur, ul jumladin, Shayx Hasan Basriy q. r.dur. Ul debdurki, xush ul
kishikim, oqshom och yotqay va tong erta och qo‘pqay va bu hol bila Tengridin xushnud bo‘lg‘ay.
Birav andin vasiyat talabi qildi. Ul dedi: sanga bir vasiyat qilaykim, ham bu dunyoda podshoh
bo‘lg‘aysen va ham ul dunyoda. Ul kishi ayttiki, ayt. Dediki: bu dunyoda zohid bo‘l va hech kishidin
tama’ qilma, to barcha xalq sanga muhtoj bo‘lg‘aylar, mundoq bo‘lg‘andin so‘ngra lojaram sen g‘aniy
va podshoh bo‘lg‘aysen va dunyoda mundoq bo‘lg‘on oxiratda ham shodshohdur.
7. Abdulloh Muborak q. t. s.
Ani ulamoning shahanshohi der ermishlar va judu shijoatda zamonining yagonasi ermish. Va tariqat
ashobining muhtashami. Va bu qavmning mashoyixining ko‘pining suhbatig‘a musharraf bo‘lubdur.
Va mashhur tasonifi bor.
Bir kun ul kelur erdi va Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz q. s. hozir erdilar. Sufyon dedi: kel ey mashriq
ahlida er! Fuzayl dedi: va mag‘rib ahlida va ikkisining orasida.
Aning tavbasining ibtidosi bu erdiki, bir kanizak ishqig‘a giriftor bo‘ldi. Bir qish kecha tong otquncha
ma’shuq devori tubida turub erdi va ustiga qor yog‘adur erdi va ul xabarsiz. Sahar namozin ayturda ul
xuftan sog‘indi. Kunduz bo‘lg‘ondin so‘ngra ul holg‘a voqif bo‘ldi, o‘ziga dediki, ey Muborakning
nomuborak o‘g‘li, uyot sanga bu avqotingdinki, agar imom namozda bir surani uzunroq qiroat qilsa,
toriqib, telbararsen va munungdek kecha nafsing havosig‘a tong otquncha mundoq azob tortarsanki,
suubatidin xabaring yo‘qtur. Ko‘ngli bu darddin buzuldi va bori ishdin tavba qildi va sulukka mashg‘ul
bo‘ldi. Ishi ul yerga yettiki, Makkadin Madinag‘a degincha mahofasin ashrof eginlarig‘a ko‘tarib
elturlar erdi.
Naz’ holatida har ne boru yo‘qin darveshlarga ulashib erdi. Muridlaridin biri dediki, ey Shayx, uch
qizing qoldilar va hech nima qolmadi, alar fikrini ne qilding? Dediki, men alar hadisin debmen: [u
solih bandalarga yor bo‘lur1
]. Saloh ahli korsozi uldur. Har kimki, aning korsozi ul bo‘lsa, yaxshiroqki,
Abdulloh Muborak bo‘lg‘ay. Va borur zamonda ko‘z ochib, kulub aytur erdi: [amal qiluvchilar mana
shunday (mangu baxt-saodat uchun) amal qilsinlar].2 va dunyodin o‘tdi. Aning manoqibi zikrin tilagan
kishi Hazrat Shayx Fariduddin Attor q. s.ning «Tazkirat ul-avliyo»sida tilasunki, vofiy bitibdur.
8. Abuhoshim So‘fiy q. s.
Avval kishikim, so‘fiy dedilar ul erdi. Kufiyulasldur, Shomda Shayx erdi va Sufyon Savriy q. s. bila
muosir erdi. Va Sufyon so‘zidurkim, [Agar Abuhoshim So‘fiy bo‘lmaganda edi, riyoning nozik
ma’nolarini tushunib yetmagan bo‘lar edim1
]. Avval xonaqohkim, so‘fiylar uchun bino qildilar,
Shomning Ramlasida erdi. Va ul bu nav’ erdikim, tarsolar ulug‘i ovga boradur erdi, ko‘rdikim, ikki
darvesh bir-biriga yetib, muhabbat yuzidin ko‘rushtilar va muvofaqat bila o‘lturub, ulcha yeguliklari
bor erdi, yedilar, tavozu’ bila bir-biridin ayrilishtilar. Ko‘radurg‘an kishiga alarning bu ulfat bila
muomalalari xush kelib, birin tilab so‘rdikim, ul biring sanga ne bo‘lur? Dedikim, hech nima. Dedikim,
ne kishi erdi? Dedikim: tanimasmen. Dedikim, qaydindur? Dedikim, bilmasmen. Dedikim, bas, sizing
orangizda bu nav’ ulfat qaydin erdi. Dedikim, bizning tariqimiz budur. So‘rdikim, bir yerki siz jamoat
anda yig‘ilgaysiz, bormu? Dedikim, yo‘q. Dedikim, men sizing uchun bir yer yasaykim, anda
yig‘ilishg‘aysiz. Va Ramlada ul xonaqoh yasadi. Va Shayx ul-islom q. s. so‘zidurkim, [yaxshi insonlar
tashrif buyurgan manzil xonadon – eng yaxshi joylardir1. Va qadimdan Alloh yaxshilarni yaxshilar
bilan kelishtirib qo‘ygan]2
. Va Hoshim so‘zidurkim, igna bila tog‘ni qozmoq takabburni ko‘ngullardin
chiqarmoqdin osonroqdur. Abuhoshim, Qozi Shuraykni ko‘rdikim, Yahyo Xolid uyidin chiqdi,
yig‘ladi va dedikim, [Allohdan manfaatsiz ilmdan panoh tilayman3
] Mansur Ammor Damashqiy
debdurkim, Abuhoshim bemor edi, o‘lum bemorlig‘i. Dedimkim, o‘zungni nechuk ko‘rasen? Dedi:
azim baloda ko‘radurmen, ammo havo, ya’ni mehru sevukluk balodin ortuqdur, ya’ni balo azimdur,
ammo mehr ollida haqirdur. Shayx ul-islom q. s. dedikim, agar balo havo chog‘liq bo‘lsa erdi, havo
bo‘lmag‘ay erdi.
9. Zunnun Misriy q. t. s.
Avvalg‘i tabaqadindur. Oti Savbon b. Ibrohim, kuniyati Abulfayz va laqabi Zunnun. Ul Misrning
Ixmim degan mavzeida bo‘lur erdikim, imom Shofe’i r. a.ning qabri andadur va Zunnun Molik
Anasning shogirdidur va oning mazhabidadur va «Muvatto»ni andin eshitib erdi va fiqh o‘qub erdi va
aning piri Shayx Isrofil erdi, Mag‘ribda. Va Shayx ul-islom debdurki, Zunnun ul kishi emaski, oni
karomat bila sitoyish qilg‘aylar va maqomot bila oroyish bergaylarkim, maqomu hol oning ilgida suxra
erdi va darmonda. Vaqtning imomi va ro‘zgorning yagonasi va bu toifaning boshidur va barchaning
nisbati va izofati angadur. Avval kishikim, ishoratni iboratqa kelturdi va bu tariyqdin so‘z aytti, ul erdi.
Chun yana bu tabaqada Junayd q. s. paydo bo‘ldi. Bu ilmga tartib berib, bast qilib, kutub bitidi. Chun
Shibliy q. s: arog‘a kirdi. Bu ilmni minbar ustiga aytib, oshkoro qildi. Junayd so‘zidurkim, biz bu
asrorni yoshurun uylarda va sardobalarda mahramlarg‘a aytur erdik. Shibliy minbar ustiga aytib, elga
oshkor qildi.
Zunnundin so‘rdilarkim, murid kimdur va murod kim? Ul ayttikim, [Murid talab qiladi va murod
qochadi1
]. Shayx ul-islom dedikim, murid tilar va andin yuz ming niyozu murod qochar va andin yuz
ming noz.
Va Zunnun sayyoh ermish. Debdurki, bir kun borur erdim, bir yigit ko‘rdumki, anda sho‘re bor erdi.
Dedim: qaydinsan, ey g‘arib? Dedi: G‘aribmu bo‘lur ulki, oning bila muvonasati bo‘lg‘ay? Bu so‘zdin
qichqirib, behush yiqildim. Hushumg‘a kelgandin so‘ngra dedikim, senga ne bo‘ldi? Dedimki, doru
dardg‘a muvofiq tushti. Shayx ul-islom q. s. dedikim, oning xastasi paydodur. Ulki oni ko‘rmish
bo‘lg‘an, jon oning tanida shaydodur. Har qayda orom tutsa, dushman orom bo‘lg‘aykim, ul
g‘ariblarniig vatanidur va muflislarning moyasidur va begonalarning hamrohi. Harqachon birovni
topsangki, bizoating aning ilkida bo‘lg‘ay va dardingg‘a oning dorusi muvofiq. Zinhor etokin ilikdin
berma va berk tut! Zunnun debdurkim, [Allohu taolo bandasining nafsini unga xor qilib ko‘rsatishi, uni
ulug‘ qiladigan har qanday narsadan ko‘ra azizroq va muhimroqdir2
]. Va ham ul debdurkim,
[maxfiyroq va qattiqroq parda – nafsni ko‘rish va unga tadbir qilish, ya’ni jilovlashdir3
]. Va ham
Zunnun debdurkim, [Alloh zotini tafakkur qilish nodonlik va unga ishorat qilish shirkdir. Ma’rifatning
haqiqati hayratdur4
].
Shayx ul-islom q. s. debdurki, hayrat ikkidur: biri om hayrati va ul ilhodu zalolat hayratidur va yana
biri xos hayratidur va ul hayrat ayondadur va topmoqdur va ham oning so‘zidur: avval uzulmak va
qo‘shulmoq va oxir ne uzulmak va ne qo‘shulmoq. Zunnun Mag‘ribga bordi, azizedin kim
mutaqaddimin mashoyixdin erdi, bir mas’ala so‘rg‘ali. Ul dedikim, ne uchun kelibsen? Agar
kelibsenki, avvalin va oxirin ilmin o‘rgangaysen, munung yuzi yo‘qturkim, bu barchani ul biluru bas
va agar kelibsenkim, oni tilagaysen. Avval gomkim, bu sori ko‘tarding, ul anda hozir erdi. Shayx ulislom q. s. debdurkim, ul o‘z tilaguchisining yo‘ldoshidur. Oning ilkin tutub, o‘z talabida yugurtur.
Zunnun q. s. dedikim, uch safar qildim va uch ilm keturdum. Avvalqi safarda ilme keturdumkim, xos
qabul qildi va om ham qabul qildi. Ikkinchi safarda ilme keturdumkim, xos qabul qildi va om qabul
qilmadi. Va uchunchi safarda ilme keturdumkim, ne xos qabul qildi va ne om [qochoq, quvg‘in va
yolg‘iz bo‘lib qoldim5
].
Shayx ul-islom q. s. dedikim, avval tavba ilmi erdikim, oni xosu om qabul qildilar. Ikkinchi, tavakkul
va muomalat va muhabbat ilmi edikim, xos qabul qildilar va om yo‘q. Uchunchi, haqiqat ilmidurkim
elning ilmu aqli toqatidin tashqari erdi. Xaloyiq anglamadilar va ani inkorg‘a qo‘ptilar. Ul vaqtg‘acha
kim, ta’rix ikki yuz qirq beshda Zunnun q. s. olamdin o‘tti. Janozasin elturda benihoyat yashil qushlar
jinozasig‘a soya qilib erdilar. Andoqkim, borg‘on xaloyiq alarning ko‘lakasida erdi. Andin so‘ngra
Zunnung‘a xalq ko‘nglida qabul voqe’ bo‘ldi. So‘ngqi kun aning qabri boshida bitilgon toptilarkim,
[Zunnun Allohning suyukli bandasi va shavqi tufayli Alloh yo‘lida jonini fido qilguvchidir]6
. Va ul bir
xat erdikim, odamilar xatig‘a o‘xshamas erdi va oni har necha yusalar yana bitilgan ko‘runur erdi.
Shayx ul-islom dedikim, ul so‘ngg‘i safar qadam bila emas erdiki, oni qadam bila bormaslar va himam
bila borurlar va oning jinozasig‘a ko‘laka solg‘on qushlardek. Qushlar muddatdin so‘ngra Shofe’iy r. a.
shogirdi Mu’azziniyning jinozasig‘a ko‘rdilarkim, soya soldilar, vallohu taolo a’lam.
10. Imom A’zam q. t. s.
Alarkim, Islom ahlining imomidurlar, el ta’rifidin mustag‘niydurlar. Anasi Molik r. a. rivoyat
qilurkim, Rasul s. a. v. dedikim, [Ummatimdan birining nomini Nu’mon b. Sobit, kuniyasini Abu
Hanifa deb ataydilar. Va o‘sha kishi ummatimning chirog‘idir]1
. Imom Ja’far Sodiq bila suhbat
tutubdur va ko‘p mashoyixii ko‘rubdur. Va Fuzayl Iyoz va Ibrohim Adham va Bishri Hofiy va Dovud
Toiy r. a. aning ustozidur. Naqldurki Mustafo s. a. v.ning mutahhar ravzasi boshig‘a borib aytti: [Assalomu alayka, yo sayyid al-mursalin]2
. Ravzadin javob keldi: [Vaalayk as-salom, yo imom almuslimin]3
. Derlarki, avoyildakim, yuz qiblai haqiqiyg‘a kelturdi va xalqdin yuz evurdi va pashmina
kiyib, riyozatqa mashg‘ul bo‘ldi, bir necha voqeada ko‘rdikim, Mustafo s. a. v. muborak: so‘ngaklarin
lahadda yig‘ib, ba’zini ba’zidin ayiradur. Va voqeaning haybatidin uyg‘ondi va Ibn Sirinning
ashobidin biriga aytti. Ul mundoq ta’bir qildikim, sen Rasul s. a; v.ning ilmi va sunnati hifzida biyik
darajaga yetkaysan, andoqki, ahodisda mutasarrif bo‘lg‘aysen. va sahihni saqimdin ayirg‘aysen. Yana
bir qatla Rasul s. a. v.ni voqeada ko‘rdiki, ul Hazrat anga dedikim: «yo Abo Hanifa, seni mening
sunnatlarimni tirguzmak uchun zohir qilibdurlar, uzlat qasdi qilma. Debdurlarkim, zamon xalifasi
Malak ul-mavtni tush ko‘rdi va so‘rdikim: mening umrumdin necha qolibdur? Ul besh barmog‘iga
ishorat qildi. Uyg‘onib, ko‘p kamol ahlidin bu tush ta’birin so‘rdi, hech kim javob bera olmadi. Abu
Hanifa a. r. dediki, bu ishorat besh ilmgadurki, bu oyatda voqe’dur: [Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning
huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (o‘zi xohlagan vaqtda, o‘zi
xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va onalarning bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi,
rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima qilishini bila olmas. Biron
jon qaerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdur]4
.
Mashhurki, Yahyo Mu’oz Rasul s. a. v.ni voqeada ko‘rub so‘rdikim, yo Rasululloh, seni qayda
tilayin? Javob buyurdikim, Abu Hanifaning ilmi yaqinida. Alarning manoqibi behaddur va mahomidi
beadad, muncha bila xatm qilildi.
11. Imom Shofe’iy r. a.
Aning fazlu kamoli va sutuda xisoli sharhida qalam ojiz va qalamzan mutahayyirdur. Ul nimalar
manquldurki, bani odam jinsidin aql muhol tutar. Un uch yoshida dediki, [mendan istaganingizni
so‘rang]1, o‘n besh yoshida fatvo javob qildi. Imom Ahmad Hanbalki, jahonning imomidur va uch yuz
ming hadis yodida erdi, aning shogirdlig‘ig‘a keldi va aning g‘oshiyasin egniga ko‘tardi. Jam’i anga
e’tiroz qildilarki, bu manzilat va bu buzurgluk bila bir go‘dakka muncha ta’zim qiladur va mashoyixu
ustodlar suhbatini tark qilibdur. Ul dediki, har neki bizing yodimizdadur, ul ma’nosin bilur. Agar biz
aning suhbatig‘a yetmasak erdi, eshikda qolib erdik. Shofe’iy debdurki, Rasul s. a. v. voqeada muborak
og‘zi sunimi mening og‘zimg‘a soldi, andoqki, og‘zimg‘a va tilimg‘a yetishti. Va dedi: borki Tengri
sanga barakot bersun va ham ul soat Amir ul-mo‘‘minin Ali k. v. uzugin chiqorib, mening
barmog‘img‘a soldi, to nabiyu valilarning ilmi manga siroyat qildi.

12. Imom Ahmad Hanbal r. t.
Sunnat va jamoatning shayxi va dinu davlatning, imomi erdi. Futuvvati ul g‘oyatda erdiki, o‘g‘li bir
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 13
kun bu hadis ma’nosini ayturdaki [odam tiynatini (tuprog‘ini) qo‘llarim bilan qordim], iligin yengidin
chiqarib erdi. Ahmad man’ qildikim, Yadulloh so‘zin ayturda o‘z iliging bila ishorat qilma!
Ul kibori mashoyix bila suhbat tutub erdi, ul jumladin, Zunnun Misriy erdi va Sari Saqatiy va Bishr
Hofiy va Ma’ruf Karxiy erdi. Bag‘dodda Mu’tazila g‘alaba qilg‘anda, anga taklif qildilarkim, Qur’onni
maxluq degay, demadi. Va qari bo‘lub erdi va zaif ham, iqobiga torttilar va ming qamchi urdilar, hech
foyda qilmadi va ham ul ozor bila olamdin o‘tti. Bu ish odamzoddin kelur ish emaski, din taqviyotida
ul buzurgvordin zohir bo‘ldi.
13. Imom Molik q. t. s.
Aning ta’rifi muncha basdurkim, bu mazkur bo‘lg‘an, uch Imom muqobalasida mazhab tuzatibdur va
masoil ijtihod qilibdur. Va bu ummatning to‘rt ulushidin bir ulushi aning mazhabidin ixtiyor
qilibdurlarki, bular orasida oliyqadr mashoyixu ulamo bor ekandurlar va holo ham bordurlar va olamda
bu mazhab shoye’dur.
14. Muhammad Aslam Tusiy q. t. s.
Yagonai mutlaq va muqtadoyi barhaq erdi. Ani «Lisoni Rasul» debdurlar va «Shahnai Xuroson»
bitibdurlar. Va Hazrati Imom Ali Muso Rizo r. a. bila kajavada bir tevada Nishoburga kirdi va Ishoq b.
Rohavayh teva mahorin tortar erdi: Va Abdulloh Tohirki, vaqt xalifasi erdi, aning xizmatig‘a bordi.
Anga bor bermadi va ko‘rmadi. Va ul eshikdin qo‘nmadi. Va juma kuni erdi, dedi: namozg‘a chiqsa
qo‘rayin. Namozg‘a chiqqach, Abdullohning ko‘zi anga tushgach, betoqat bo‘lub ayog‘iga tushdi va
tufroqqa yuzin qo‘ydi va dedi: Ilohi, sening jihatingdin manga iltifot qilmadiki, men yomon bandamen
va meni dushman tutti va men ham sening jihatingdinkim, yaxshi bandangdur, ani do‘st tuttum, chun
ikkalasi sening uchundur, bu yomonni ul yaxshi ishga qil! Bir un eshittiki, aning do‘stlug‘i jihatidin
maqsudingg‘a yetting! Dunyodin o‘tganda, eski kiyizki, oldig‘a solur erdi, ostig‘a soldilar va xirqasini
jinozasi ustiga yoptilar. Ikki qari xotun tom ustida erdilar va dedilarki, Muhammad Aslam bordi va
dunyoda har nesi bor edi, olib bordi.
15. Ahmad Harb q. s.
Tengri zikri anga andoq g‘olib erdiki, Muzayyin irni tukini olurda og‘zida Tengri oti erdi. Muzayyni
dedikim, bir zamon irningni tebratma! Ul dedikim, sen o‘z ishingga mashg‘ul bo‘lki, bizing bu ishdin
farog‘atimiz yo‘qdur, irni necha yerda kesildi, Yahyo Mu’oz-Roziy r. t. dunyodin o‘tarda vasiyat
qildiki, boshimni Ahmad Harb ayog‘i sari qo‘yung!
16. Isrofil Mag‘ribiy r, t.
Shayx ul-islom q. s. dedikim, ul Zunnunning pirlaridandur. Mag‘ribdin erdi va Misrda peshvo erdi.
Zuhdu tavakkulu muamalatda yaxshi so‘zlari bor. Fathi Shahraf olti yuz yig‘och yo‘l bir savol uchun
Misrga borib, andin so‘rdikim, [yomonlarga gunoh qilishlaridan oldin azob qilishadimi?1]. Ul uch kun
sabr tiladi. Uch kundin so‘ngra dedikim, manga javob ayttilarki, agar amaldin burun savob ravo bo‘lsa,
zalaldin ham burun azob ravo bo‘lg‘ay. Muni dedi va za’qa urdi va shurg‘a tushdi va andin so‘ngra uch
kundin ortuq tirilmadi va bordi. Shayx ul-islom q. s. dedikim: ul uch kunlik hayot savoldin so‘ngra uch
kun javob uchun sabr tilagandin erdi, agar filhol javob bersa erdi, filhol borur erdi.
17. Abulasvad Makkiy r. t.
Azizening ziyofatig‘a bordi va salom qildi va dedikim: sening do‘stingmen, Abulasvad. Azize sakrab
ko‘pti va dedi: alaykassalom, nechuksen? Va filhol o‘zidin g‘oyib bo‘ldi. Uch qatlagacha bu hol erdi.
Abulasvad bildikim, Azize tufroq va suv iligidin va insoniyat rusumidin tashqari chiqibdur, aning
diydorin g‘animat tutti va qaytti.
18. Abulasvad Ro’iy q. s.
Bodiyada bir kun o‘z ahlig‘a aytikim, bidrud bo‘lki, men bordim. Qiz qardoshi mitharasin sut bila
to‘ldirdi, tahorat vaqti mitharasidin sut quyildi. Dedikim, anga sutdin suv muhimroqdur. Qaytti, dag‘i
mitharasin sutdin xoli qildi, dag‘i suv bila to‘ldirdi. Tahorat vaqti mitharadin sut to‘kilur erdi. Va
ochlik va suvsizlik vaqti – sut.
19. Abu Ya’qub Hoshimiy r. t.
Ul debdurkim, hargiz unutmon anikim, bayram kuni Zunnun bila kelur erdim. Xaloyiq iydgohdin
shodmon qaytib erdilar. Zunnun dedikim, bu xalq shodmondurlarki, amonatlarin ado qilibdurlar, ya’ni
Ramazon toatin. Ammo bilmaslarki, alardin qabul qilibdurlar, yo yo‘q. Kel, bir yon borali va bularg‘a
yig‘lali!
20. Valid b. Abdulloh Saqqo r. t.
Kuniyati Abulishoqdur. Zunnunning ashobidindur. Ul debdurki, Zunnun dedikim, bodiyada bir qaro
zange ko‘rdumki, har qachon «Alloh» desa erdi, rangi oqarur erdi. Ham Zunnun dedikim, har kim
Allohni yod qilsa, haqiqatda ondin sifate ayrilg‘oy. Abu Abdulloh Roziy dedikim, Valid Saqqo
qoshig‘a bordim, tiladimkim, faqrda andin savole qilg‘oymen. Bosh ko‘tardi va dedikim, faqr anga
musallamdurkim, aning xotirig‘a hargiz Haqdin o‘zga kirmaydur va qiyomatda bu so‘zumning
uhdasidin chiqa olurmen. Zunnun q. s. dog‘i Haq yodida anga muvofiq so‘z aytibdur.
21. Fuzayl b. Iyoz q. t. r.
Avvalg‘i tabaqadindur va kuniyati Abu Alidur. Aning ne yerlik erkanida ixtilof bor. Kufaliq
debdurlar. Marv va Bovard navohiysidin ham shuhrati bor. Ul debdurkim: men Haqni do‘stluk va
sevukluk yuzidin parastish qilurmen. Va shikebolig‘im yo‘qturni, qilmag‘aymen. Mahmud Varroq
debdurki, she’r:
[Allohga muhabbat izhor qilasanda, unga osiylik ham qilasan va yana muhabbatdan lof urasan.. Bu
ishing ajabdur. Agar sen muhabbatda sodiq bo‘lsang, Allohga itoat qilasan. Chunki muhib (sevuvchi)
mahbubiga, albatta, itoatkor bo‘ladi1
].
Shayx ul-islom q. s. dedikim, har kim ani biym yuzidin parastish qilur, o‘zin parastish qilur va o‘z
najoti tama’ig‘a tepranur, yo‘q muhabbatu farmon itoatig‘a. Va har kim ani umid yuzidin parastish
qilur, ul ham o‘zin parastish qilur va o‘z tana’umu rohati tavaqqu’ig‘a tepranur, yo‘qki, muhabbatu
itoatqa. Men ani biymu umid bila parastish qilmasmen muzdvorlardek, aning muhabbati da’vosig‘a
dag‘i parastish qilmasmenkim, parastishkim, aning sazosi bo‘lg‘ay, ojiz qolurmen, balki ani aning
farmoni bila parastni qilurmenki, debdurki, qil, qilurmen va Rasulning sunnatining muhabbati uchun
va o‘z taqsirimg‘a mu’tarifmen. Bir darveshdin so‘rdilarkim, sifla kimdur? Dedi: ulkim, Haqni biymu
umid ila parastish qilg‘ay. Dedilar: sen ne nav’ bila parastish qilursen? Dedi: aning mehru sevuklug‘i
meni ibodatu toatig‘a tutar. Fuzayl Iyoz q. s.ning bir o‘g‘li bor erdi. Debdurlarki, andin martabada
ulug‘roq erdi, oti Ali. Bir kun Masjidi Haramda Zamzam yaqinida bir xonanda o‘qudikim,
[gunohkorlarni ko‘rasan2
]. Ul eshitti va za’qai urdi va jon berdi. Shayx ul-islom debdurkim, do‘stdin
nishon va orifdin jon [kimki ishq bilan o‘lsa, shunday o‘lgani ma’qul. O‘lim bilan tugamagan ishqda
xayr yo‘qdur3]. Va Fuzayl q. s. ning vafoti Muharram oyi, yuz sakson yettida erdi.
22. Ma’ruf Karxiy q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur va Sariy Saqatiyning ustozidur va Dovud Toyi q. s. bila suhbat tutgandur. Va
Dovud yuz yetmish beshda o‘tubdur va Ma’ruf q. s. ikki yuzda. Ul debdurki, sufiy munda mehmondir.
Mehmon taqozosi mezbong‘a jafodur. Mehmonki, adabliq bo‘lg‘ay, muntazir bo‘lg‘ay, yo‘qki
mutaqoziy. Birov andin vasiyat talab qildi. Ul dedikim, [ehtiyot bo‘l Allohu taolo seni miskin suratidin
boshqa suratda ko‘rmasin1
]. Shayx ul-islom dedikim, Ma’ruf bir kun xoharzodasig‘a dedikim, chun
anga hojating bo‘lsa, mendin ont ber! Mustafo s. a. v. duoda ayttikim, [ey bor xudoyo, senga iltijo qilib
so‘rovchilar haqqi, senga rag‘bat qiluvchilar haqqi va sen tomon tashlaydigan qadamlarim haqqi
hurmati (sendan) so‘rayman2
], mening bu g‘amlarim haqqi sening sari. [Ma’rufdin muhabbat haqida
so‘rashganda, aytdi: Muhabbat – xalq o‘rgatadigan narsa emas, balki u Haqning in’omi va fazlidir3
].
Aning qabri Bag‘doddadur va xaloyiq qiblai duosidurki, derlar – anda duo mustajob bo‘lur.
23. Abu Sulaymon Doroniy q. r.
Avvalgi tabaqadindur. Oti Abdurahmondur. Shom mashoyixidin. Doron degan yerdinki,
Damashqning kentlaridindur, qabri ham anda-o‘qdur. Ahmad b. Abulhavoriyning ustodidur, Rayhonat
ush-Shom. Va ta’rix ikki yuz o‘n beshda o‘tubdur. Andin so‘rdilarkim, ma’rifati haqiqiy nedur? Dedi
uldurki, ikki dunyoda murod birdin o‘zga bo‘lmag‘ay. Va ham ul debdurki, bir kitobda o‘qubmenki,
Haq s. t. debdurki, [tun kirishi bilan meni unutib, uyquga ketgan kishining menga muhabbat da’vo
qilishi yolg‘ondir]1
Va ham ul debdurki, vaqtiki, Iroqda erdim, obid erdim va Shomda orifmen. Bu
toifadin ba’zi debdurlarki, Shomda aning uchun orif erdiki, Iroqda obid erdi, agar anda obidroq bo‘lsa,
munda orifroq bo‘lg‘ay erdi. Va ham Abu Sulaymon debdurki, [ko‘pincha haqiqat (kashfu asror)
qalbimda qirq kunlab uloqib yuradi. Ularni faqat ikki guvoh: oyat va hadis asosidagina qalbimdan joy
olishiga ruxsat beraman]2
. Va ham ul debdurki, [qalb matlubni topolmay g‘amgin bo‘lganida, ruh uni
topganidan shod bo‘ladi]3. Ahmad b. Abulhavoriy debdurki, Abu Sulaymong‘a dedimkim, xilvatda
namoz qildim, andin lazzat toptim. So‘rdikim, lazzatingning sababi ne erdi? Dedim, meni hech (kim)
ko‘rmadi. Dediki, [qalbingda xalq yodi o‘tgan payt sen, albatta, zaifsen]4
. Ham ul debdurkim, [Har bir
narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa, to‘yib ovqatlanishdir]5.
Ham ul debdurkim, [kimki, hamma narsadan uzilib, Allohga bog‘liqligini bildirmoqchi bo‘lsa,
Allohdan boshqa narsalarni yelkasidan uloqtirib tashlashi vojibdir]6
. Ham ul debdurkim, [Bandani
tezroq Haqqa yetkaruvchi narsa muhosabadir]7
.
24. Dovud b. Ahmad Doroniy r. t.
Abu Sulaymon Doroniyning qardoshidur. Qardoshi bila suhbat tutub edi. Ahmad b. Abulhavoriy
debdurkim, Dovuddin so‘rdumki: ne dersan ul ko‘ngulnikim, anga yaxshi un asar qilg‘ay? Dedi: ul
ko‘ngul za’fu ranjurlig‘idin bo‘lg‘ay, anga iloj qilmoq kerak.
25. Ibrohim Adham q. t. r.
Avvalg‘i tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoq va oti va nasabi Ibrohim Adham binni Sulaymon, binni
Mansur al-Balxiy. Mulukdin erkani xud mashhurdur. yigitlikda tavba tavfiqi topti.
Bir kun ovg‘a boradur erdi. Hotife nido qildiki, ey Ibrohim, sani bu ish uchun yaratmaydurlar. Bu
so‘zdin anga ogohlig‘ yuzlandi va mulk tarkin qilib, bu toifa tariqin ixtiyor qildi va Makkaga bordi va
anda Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz va Abu Yusuf G‘asuliy suhbatig‘a yetishti va Shomda halol ro‘zi
uchun nozirbonlig‘, ya’ni dashtbonlig‘ qilur erdi va anga hadisdur: biyik karomotu maqomot ahlidin
bo‘ldi va ta’rix yuz oltmish bir yo ikkida Shomda rihlat qildi.
Birov Ibrohim Adham bila yo‘ldosh bo‘ldi va hamrohlig‘i kechga tortti. Ayrilurda ul kishi uzr
qo‘ldiki, shoyad mendin beadablig‘lar voqe’ bo‘ldi erkin va sen mendin ranja bo‘ldung erkin? Javob
berdikim, men senga do‘st erdim. Bo‘ do‘stlug‘ aybingni menga yopti, do‘stlug‘ung jihatidin
bilmadim: yaxshi qilarsen yo yomon.
Bayt: [U ishni boshqalar bajarsa, xunuk ko‘rinadi, Men uchun agar sen bajarsang chiroylidur]1
.
Ibrohim Adham va Ali Begor va Huzayfa Maroshiy va Salim Xavvos bir-birining yoronlari erdilar.
Bir-biri bila bay’at qildilarkim, nima yemagaylar to hilliyati alarg‘a sobit bo‘lmag‘ay. Chun shubhasiz
halol luqma topmoqdin ojiz bo‘ldilar, yemaklari oz miqdorga keldi. Dedilar, on miqdor yeyaliki, ondin
guriz bo‘lmag‘ay, bori shubha ozroq bo‘lg‘ay. Ibrohim Adhamning holoti bag‘oyat ko‘ptur. Bir kitob
bitisa bo‘lur. Ammo bu muxtasarda muncha zikre bila iktifo qilindi.
26. Ybrohim b. Sa’d Alaviy q. s.
Kuniyati Abu Ishoqdur. Sharifdur va Hasaniy va Bag‘dod ahlidin. Shomga bordi va mutavattin bo‘ldi.
«Nafahot ul-uns»da Ibrohim Adham nozirlaridin bitibdurlar. Shayx ul-islom debdurki, ming ikki
yuzdin ortuq mashoyixii tanirmen, alardin ikkisi alaviy erdi, biri Ibrohim b. Sa’d, yana biri Hamzai
Alaviy. Ibrohim b. Sa’d Abulhoris Avlosiyning ustodi erdi. Abulhoris irodatining ibtidosida o‘z uyida
xoyg‘ina yeb erdi, yoronlaridin ayru. Ibrohim Sa’d xidmatig‘a bordi va Ibrohim yo‘lda erdi. Ulug‘
suvg‘a yetgach Ibrohim ayog‘ suvg‘a qo‘ydi va qadam urdi va Abulhorisg‘a ilig uzattikim, o‘tkargay,
Abulhorisning ayog‘i suvg‘a botti. Ibrohim dedikim, sening ayog‘ing xoyg‘inadin osilibdur. Bu so‘z
bila anga mutolaba va muohaza qildi ul ishg‘a. Bas dedikim, sen bu ish tolibi emassen, bor va xalqdin
uzlat tut va ko‘ngul farog‘ati tilab, qilur ish tegrasig‘a evrul!
27. Abulhoris Avlosiy r. t.
Oti Fayz b. Xizrdur. Ibrohim b. Sa’d Alaviyning shogirdidur. Ul debdurkim, avval ko‘rmakim Ibrohim
b. Sa’d Alaviyni mundoq erdikim, Avlosdin g‘ayri mavsumda Makka azimati qildim. yo‘lda uch
kishig‘a uchradim. Alardin ikkisi ayrildilar va biri qoldi va ul Ibrohim b. Sa’d Alaviy erdi. So‘rdikim,
sen qayon borursen? Dedim: Shom tarafi. Dedikim, men Lug‘om tog‘ig‘a borurman, dag‘i ayrilishtuk,
ammo doim maktubi manga kelur erdi. Va ham ul debdurkim, bu kun Ibrohim b. Sa’d bila erdim, bir
cherigchi bir zaifaning eshagin tutub erdi. Ul zaifa bizga istig‘osa qildi. Ibrohim Sa’d ul cherigchi bila
so‘zlashdi, so‘zin qabul qilmadi. Ibrohim duo qildi, ul cherigchi yiqildi va qo‘pmadi. Men dedim:
sendin ayrilurmenkim, shoyad mendin beadablig‘e voqe’ bo‘lg‘ay va sen mustajobud-da’vo ermishsen,
meni yomon duo qilg‘aysen: Dedi: yomon emassen? Dedim: yo‘q. Bas, vasiyat qildikim, qila
olg‘ancha dunyoliqdin oz nimaga qoni’ bo‘l! Va ham ul debdurki, daryo qirg‘og‘ida og‘zin tebratti,
nihoyatda ko‘p balig‘lar saf tortib anga yuzlandilar. Xayolimg‘a sayyodlar kechti, balig‘lar filhol
tarqadilar. Ibrohim Sa’d dedikim, sen bu ish kishisi emassen, bu vodiy qumida ancha riyozat tortkim,
ajal boshing‘a yetkay. Ham ul debdurkim, bir necha masala halli uchun xidmatig‘a Misr azimati
qildim. Men Misrg‘a yetgan kunning burung‘ikuni Zunnun olamdin o‘tub erdi. Qabri boshig‘a borib,
anga namoz qildim, meni uyqu eltti, Zunnunni voqeada ko‘rdum, mushkil bo‘lg‘an masalalarimni
so‘rdum, barchasig‘a javob toptim.
28. Ibrohim b. Sitanbah Hiraviy q. s.
Kuniyati Abu Ishoqdur. [Ibrohim b. Adham bilan suhbatlashgan, Abu Yazidning yaqinlaridan edi]1
.
Ul aslan Kirmondin ermish. Hirida sokin bo‘lg‘on uchun Hiraviy debdurlar. Qabri Qazvindadur. Ul
debdurkim, Ibrohim Adham suhbatig‘a yettim, meni dalolat tajridg‘a qildi dunyodin, so‘ngra dalolat
kasbg‘a qildi. Kasb qilur erdim va fuqarog‘a nafaqa qilur erdim. So‘ngra dedikim, kasbni tark qil va
tavakkulingni Tengrig‘a durust et, to so‘ngra sidqu yaqin hosil bo‘lg‘ay. Har ne dedi, andoq qildim.
So‘ngra bodiyag‘a kirmak amr qildi. Bodiyag‘akim kirdim, manga sidqu yaqinu tavakkul muyassar
bo‘ldi. Anga azim chohe bor ermish Hirotda. Necha haj qildi tavakkul bila. Duosi bu erdikim,
[Allohim, Hirot ahlining mollaridan mening rizqimni qiy va ularni mendan yuz o‘girtir]-duosi chun
mustajob bo‘ldi. Debdurkim, necha kunlar och qolur erdim, bozordan o‘tsam erdi, el bir-biriga
aytishurlar erdikim, bu ul kishidurkim, har kun muncha va ancha mustahiqlarg‘a nafaqa qilur erdi. Va
ham aning so‘zidurkim, [kimki eng oliy sharafga erishmoqchi bo‘lsa, yetti narsadan yetti narsani
ixtiyor qilsin: g‘aniylikda faqirlikni, to‘qlikda ochlikni, baland darajada siniqlikni, ulug‘likda xorlikni,
manmanlikda tavozu’ni, shodlikda g‘urbatni, hayotda o‘limni]3
.
29. Ibrohim Rabotiy r. t.
Ibrohim Sitanbahning murididur va qabri Daray Zangiy rabotida va mavlidi Hirot. Bir qatla piri bir
safarg‘a borur erdi. Pir andin so‘rdikim: sening bila hech ma’lum bor? Dedi: Yo‘q. Yana bir necha
qadam borg‘ondin so‘ngra yana so‘rdikim, sening bila hech ma’lum bor? Dedi: Yo‘q. Yana bir pora
yo‘l borg‘ondin so‘ngra pir o‘lturdi va aytti: yaxshi ehtiyot qil, senda zodae to‘shadek, yo hech, jins
ma’lumdin nima borkim, ayog‘im og‘irlik qiladur, bora olmon. Ul ehtiyot qilg‘andin so‘ngra dedikim,
bir necha na’layn shiroki bor. Piri aytti, holo xud anga ehtiyojing yo‘qdur. Dedi: Yo‘q. Dedi:
tashlakim, ma’lumdur. Ul tashladi, karh yuzidin va muntazir erdikim, na’laynining shiroki uzulg‘ay, to
anga sarzanish qilay. Emdiki, uzuldi, ilik uzattikim, ani suvurub tashlag‘ay. Ko‘rdikim, bir yangi
shiroki na’layni yoninda turubdur. Barcha yo‘l bu nav’ erdi. Pir dedikim, [Allohga sidqu sadoqat
ko‘rsatganning ahvoli shunday bo‘ladi]1
.
30. Ibrohim Utrush r. t.
Shayx ul-islom q. s. debdurkim, ul mutaxxirlaridindur. Ul debdurki, sufiyning rikvasi ovuchidir va
yostug‘i qo‘li va xazinasi uldur, ya’ni Haq subhonahu taolo. Shayx ul-islom q. s. dedikim, har kishi
munga nima orttursa, ishi o‘z ilayig‘a qo‘yg‘aykim, aning bila darmonda bo‘lg‘ay. Va Ibrohim Xavvos
q. s. dedi.
Sh ye’ r:
[Shubhasiz, Senga olib boradigan yo‘l oshkor bo‘ldi.
Bu yo‘lga o‘zingdan boshqa biror kishi dalolat qilmaydi.
Agar qish kelsa, sen boshpana, yoz kelsa soyabonsen]1
.
31. Ibrohim Sayyod Bag‘dodiy r. t.
Kuniyati Abu Ishoqdur. Ma’ruf Karxiy bila suhbat tutubdur. Ma’ruf q. s. anga degandurki, faqirni
lozim tut va qo‘rqma bu jihatdin. Aning mazhabi tajridu inqito’ erkandur. Junayd q. s. debdurki, ul bir
kun Sariy Saqatiy qoshig‘a keldi, bir pora hasirni o‘ziga izor qilib erdi. Sariy ashobidin biriga dedikim,
o‘n diramg‘a aning uchun bozordin bir jubba olg‘ay. Dag‘i dedikim, Ey Abu Ishoq, kelgilki, menda
o‘n diram bor erdikim, sening uchun bu jubbani sotqin olildi. Ibrohim dedikim, faqr ahli bila
o‘lturursen va o‘n diram zaxira qilursen va ani kiymadi.
32. Ibrohim Ajuriy Sag‘ir r. t.
Aning dag‘i kuniyati Abu Ishoqdur. Jaririy va Abu Ahmad Mag‘oziliy dedilarkim, yahudiy aning
qoshig‘a keldi va dedikim, agar manga bir nima ko‘rsatsangkim, andin Islom dini sharafin o‘z
millatimg‘a bilsam, musulmon bo‘layin. Ibrohim dedikim, chin aytasen? Ul dedi: chin aytadurmen.
Dedi: ridongni menga ber! Aning ridosin o‘z ridosig‘a chirmab doshliq o‘tg‘a tashladi va aning
keynicha doshqa kirib, olib chiqdi. Aning ridosig‘a o‘tdin osib tegmaydur erdi va yahudiyning ridosi
aning ichinda kuyub erdi. Yahud bu ishni ko‘rgach, musulmon bo‘ldi.
33. Ibrohim Ajuriy Kabir r. t.
Junayd q. s. dedikim, Abdun Zajjojdin eshittimkim, Ibrohim dedikim, b a y t: [Aziz va ulug‘ bo‘lgan
Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilishing, quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir]1
.
34. Fath b. Ali Mavsiliy q. r.
Mavsil mutaqaddim va buzurg mashoyixidindur. Bishri Hofiy q. s. aning nozirlaridindur. Bishri
Hofiydin yetti yil burunroq ikki yuz yigirmada dunyodin o‘tubdur. Bu nav’kim, Qurbon bayramida
ko‘rdikim, xaloyiq qurbonlar qiladurlar. Dedi: Ilohiy, bilursenki, oncha nimam yo‘qdurki, sening
uchun qurbon qalg‘aymen, jonimni sanga qurbon qilayin, deb barmog‘in bo‘g‘zig‘a tortti va yiqildi.
Chun boshig‘a keldilar, oxir bo‘lub erdi va bo‘g‘zida yashil xat. Bir kun Bishri Hofiy uyiga bordi va
dedikim, yegulik bo‘lsa keltur! Yegulik kelturdilar, onchaki matlubi edi, yedi, qolganini chirmab
ko‘tardi. Birov ko‘rub dedikim, Fathni derlarki, mutavakkillarning imomidur, onak zalla bog‘ladi.
Bishr q. s. dedikim, ul sizga o‘rgatadurkim, tavakkul durust bo‘lg‘ondin so‘ngra hech ziyoni yo‘qdur.
Shayx ul-islom q. s. debdurkim, tajrid durust bo‘lsa, mulki Sulaymon ma’lum emas va tajrid durust
bo‘lmag‘on bo‘lsa, yengning ilikdin ortuqlig‘i ma’lumdur.
35. Fath b. Shaxraf Marvaziy q. s.
Kuniyati Abu Nasrdur. Qapton kiyar erdi, sipohiylardek. Ahmad Hanbal debdurki, Xurosondin
Fathdek chiqmadi. O‘n uch yil Bag‘dodda erdi. Bag‘doddin qut yemadi, Antokiyadin aning uchun
keltururlar erdi. Naz’ holatida o‘z-o‘zi bila so‘z der erdi. Quloq soldilar, bu so‘zni der erdikim,
[Allohim, (senga nisbatan) zavqu shavqim nihoyatda kuchaydi, meni tezroq o‘zingga yetkazgil!]1
. Ani
yuvurda yashil xat bila ba’zi uzvida «bitilgan ko‘rdilarkim, [«Fath olloh uchun»]2
. Shayx ul-islom q. s.
dedikim, Ibrohim Harbiy dedikim, men ul vaqt hozir erdim, ul xatni ko‘rdum, o‘ttuz uch qatla anga
namoz qildilar, har qatla jamoat o‘ttuz ming chog‘lig‘ kishi.
36. Bishr b. Horis b. Abdurahmon q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur. Aning ham kuniyati Abu Nasr. Derlarki, Marv viloyatidindur. Bag‘dodda
sokin bo‘ldi, anda dunyodin o‘tti, ta’rix ikki yuz yigirma, chahorshanba kuni muharram oyining o‘n
ikkisida. Ul vaqtki «Qur’on»ni maxluq demakning fitnasi bo‘ldi, ul uyidin chiqmadi. Va Ahmad
Hanbal ayoq ilgari qo‘ydi. Anga dedilarki, din nusrati uchun va ahli sunnat taqviyati uchun nechuk
chiqib so‘z aytmassiz? Ul dedi: Xayhot! Ahmad Hanbal payg‘ambarlar maqominda tururdur, kim
aningdek ayta olg‘ay, manga ul toqat yo‘qdur: Ul debdurkim, [Alloh azza va jalla kimdan o‘zini
pinhon tutgan bo‘lsa, unga naqadar ulug‘ musibatdur]1
.
37. Shaqiq b. Ibrohim Balxiy q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur va kuniyati Abu Alidur, ul: sohibroy ekandur, so‘ngra sohibi hadis bo‘lubdur.
Hotami Asamm aning piri va ustodidur. Va Ibrohim Adham q. s. bila suhbat tutubdur. Ul debdurkim,
men qilg‘an gunohdin esa, qilmag‘an gunohdin ko‘prak qo‘rqarmenki, qilg‘an gunohin bilurmenki, ne
qilibmen va qilmag‘an gunohni bilmonki ne qilg‘umdur? Va ham: ul debdurkim, [odamlar bilan
olovga muomala qilgandek munosabatda bo‘l! Foydalaridan bahramand bo‘lginu kuydirishlaridan
ehtiyot bo‘l!]1. Va ham aning so‘zidurkim, tavakkul uldurkim, ko‘nglung orom tutqay aning bilakim,
Haq sening bila va’da qilibdur.
Qabri Balxdadur. Ba’zi debdurlarkim, ani Xuttalonda shahid qildilar, yuz yetmish to‘rtta va qabri
anda-o‘qdur.
38. Dovud Balxiy q. t. s.
Xurosonning mutaqaddimin mashoyixidindur. Ibrohim Adham q. s. debdurkim, Ko‘fa bila Makka
orasida birov bila yo‘ldosh bo‘ldim. Shom namozin qilg‘ondin so‘ngra o‘ng qo‘li saridin bir ko‘za suv
va bir ayog‘ osh zohir bo‘ldi, o‘zi ham ichti, manga ham berdi. Bu so‘zni sohibi oyotu karomot
mashoyixdin biriga ayttim. Aytti: ey farzand, ul mening qardoshim Dovuddur va aning vasfida so‘zlar
ayttikim, majlis ahli yig‘ladilar. Andin so‘ngra mendin so‘rdikim, sanga ne o‘rgatti? Dedim: Ismi
a’zam. Dediki: mazkur qil. Dedim: ul mening ko‘nglumda andin azimroqdurki, tilga keltura
olg‘aymen.
39. Bishr Tabaroniy q. t. s.
Tabariya mashoyixidindur, bag‘oyat ulug‘ va sohibi karomot. Anga debdurlarkim, to Bishr
Tabaristondadur, bizning xotirimiz Rum soridin emindur. Aning qullari bor erdi, barin ozod qildi.
O‘g‘li dedikim, Ey ota, bizni muflis qilding! Dedi: bu shukronag‘a mundoq qildimki, Tengri taolo o‘z
do‘stlari ko‘ngliga meni mundoq solibdur.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 19
40. Qosim Harbiy q. s.
[Uning ahvoli Allohga bog‘liq bo‘lib, dunyoviy narsalardan xoli edi]1. Bishr Hofiy q. s. aning
ziyoratig‘a borur erdi. Bir kun ul bemor bo‘ldi. Bishr Hofiy iyodatig‘a bordi. Boshi ostida bir kirpich
erdi va yoni ostida bir pora buriyo. Chiqqandin so‘ngra hamsoyalar ayttilarkim, o‘ttiz yildurkim
hamsoyamizdur, hargiz bizga izhori ehtiyoj qilmadi.
41. Horis b. Asad Muhosibiy q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur, Kuniyati Abu Abdullohdur. Mashoyix ulamosidindur. Zohir ulumi va botin
ulumig‘a jome’. Va anga tasnif bor. Asli basraliqdir va bag‘dodlig‘larning piridur. Va Bag‘dodda
dunyodin boribdur, ta’rix ikki yuz qirq uchda. Ul debdurki, [Kimki muroqaba va ixlos bilan botinini
tuzatsa, Allohu taolo mujohada va sunnatga tobe’ qilish bilan uning zohirini go‘zal qiladi]1
. Va ham ul
debdurkim, [kimki nafsini riyozat bila poklamasa, unga maqomot odoblarining yo‘li ochilmaydi]2
.
42. Abu Turob Naxshabiy q. t. s.
Avvalg‘i tabaqadindur. Oti Askar b. Hasin. Xuroson mashoyixining ajillasidindur. Futuvvatu zuhdu
tavakkulda Abu Hotam Attor Basriy va Hotam Asamm Balxiy bila suhbat tutubdur. Abu Abdulloh
Jallo va Abu Ubayd Busriyning ustodi va piridur. Abu Turob q. s. uch yuz rikvador bila bodiyag‘a
kirdi. Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriy ikkav aning bila qoldilar, o‘zga barcha qayttilar. Ul
debdurkim, [qachonki, sizlardan biringizga ketma-ket ne’matlar yetsa, o‘z holiga yig‘lasin. Shubhasiz,
u solihlar yo‘lidan emas, o‘zga yo‘ldan yuribdi1
. Va Abu Turob q. s. bodiyada namozg‘a tufg‘anda,
samum yeli ani kuydurdi, ikki yuz qirq beshda, ul yilki, Zunnun q. s. dunyodin o‘tti.
43. Abu Hotam Attor q. t. s.
Abu Turob Naxshabiyning aqronidindur, Abu, Sa’id Xarrozning ustodi. Debdurlarkim, [Abu Hotam
Attorning zohiri savdogarlarning zohiriga, botini esa, abror (yaxshilar, sufiy)lar botiniga o‘xshab
ketardi]1
. Va debdurlarki, avval kishikim, ishorat ilmidin so‘z aytti, ul erdi. Ul debdurki, [sayohat
qalblar bilandir]2
.
44. Sariy b. Mug‘allis Saqatiy q. r.
Kuniyati Abulhusayndur. Sayyid ut-toifa Junayd. q. s.ning ustodidur va bag‘dodliklarning shayxi va
piri. Horis Muhosibiy va Bishr Hofin aqronidindur va Ma’ruf Karxiy shogirdidur. Alarkim, bu
toyifadin ikkinchi tabaqadindurlar, aksar nisbatni anga durust qilurlar. Junayd q. s. debdurkim,
[Sariydan obidroq kishini uchratmadim. Yetmishga kiribdiki, biror marta uni yotgan holda ko‘rmadim,
faqat o‘lim tufayligina ko‘rdim]1. Va ham Junayd debdurkim: bir kun Sariy uyiga kirdim, uyin
o‘lturub supurar erdi va bu baytni o‘qub yig‘lar erdikim,
[n a z m:
Ham kecha va ham kunduz erurman mahzun,
Xohi qisqa mening tunum, xoh uzun]2
.
Va Sariy debdurkim, [ma’rifatning ibtidosi – yolg‘iz Haq bilan bo‘lish uchun nafsni poklashdir]3
.
Junayd q. s. debdurkim, bir kun Sariy xidmatig‘a kirdim, manga bir ish buyurdi. Ul ishni saranjom
qilib keldim, mening ilgimga bir pora qog‘oz berdi, anda bu bitiklik erdi.
She’r:
[Eshitdimki, tuyaboqar sahroda tuyalarni tovush chiqarib haydardi va aytardi:
Men yig‘layman va sen qaydan bilasanki, nega yig‘layman?
Mendan ayrilganing, bog‘lab turuvchi iplarni uzganing va mendan yiroqlashganing uchun
yig‘layman]4
.
Ta’rix ikki yuz ellik uchda Ramazon oyining uchida: seshanba kuni dunyodin o‘tti.
45. Ali b. Abdulhamid G‘azoiriy r. t.
Mutaqaddimin mashoyixdindur. [Uning ajoyib ahvoli va yuksak darajasi bo‘lib, abdol (avliyo)lardan
edi]1
. Ul debdurkim, Sariy q. s. eshigin qoqtim. Eshittimkim, der erdi: [Allohim, kimki meni sendan
chalg‘itsa, uni mendan chalg‘itib, o‘zingga mashg‘ul qilib qo‘y!]2
. Aning bu duosining barakatidin Haq
s. t. manga qirq ayoq haj nasib qildi.
46. Abu Ja’far Sammok q. t. r.
Ul bag‘dodlikdur. Sariy Saqatiyning mashoyixidin. Munzavi va munqate’ va mutaabbid ekandur.
Junayd. q. s. debdurkim, Sariydin eshittimkim, dedi, bir kun: Abu Ja’far Sammok. keldi, ko‘rdikim,
mening qoshimda jam’i o‘lturub erdilar, turdi va o‘lturdi va dedi: [Ey Sariy, bekorchilar turadigan
joyga aylanibsan]1
va yondi. Va ul jamoatning ijtimo’in manga pisand qilmadi.
47. Ahmad Xuzravayh Balxiy q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur. Kuniyati Abu Hamid. Xuroson mashoyixining buzurglaridindur. Abu Turob
Naxshabiy va Hotam Asamm bila suhbat tutubdur va Ibrohim Adham q. s.ni ko‘rubdur. U dedikim,
Ibrohim Adham dedikim, [tavba – dil sofligi bilan Allohga qaytishdir]1
. Boyazid bila Abu Hafs
Haddodning nazirlaridindur. Haj safarida Abu Hafsni ziyorat qildi Nishoburda va Boyazidin Bistomda.
Abu Hafsdin so‘rdilarkim, bu toyifadin kim buzurgvorrak ko‘rdung? Dedi: Ahmad Xuzravayhdin
buzurgvorrak ko‘rmadim, himmatda va ahvol sidqida. Birov andin vasiyat talabi qildi, dedikim,
[nafsing tirilmasdan burun uni o‘ldir!]2
. Va ham ul debdurkim, [yo‘l yorug‘, Haq porlab turibdi va
da’vat qiluvchi eshittirib bo‘ldi. Bundan keyin hayratlanishga o‘rin yo‘q, faqat ko‘rlargina
hayratlanadilar]3
. Ta’rix, ikki yuz qirqda Balxda dunyodin o‘tti.
48. Yahyo b. Mu’oz Roziy q. t. r.
Avvalg‘i tabaqadindur. Kuniyati Abu Zakariya va laqabi Voiz. Yusuf b. Husayn Roziy q. s. debdurki,
yuz yigirma shayxg‘a yetibmen va ulamo va hukamo va mashoyixqa musharraf bo‘lubmen. Yahyo
Mu’ozdin so‘zga qodirroq ko‘rmaymen. Ul debdurkim, [osiylarning siniq ko‘ngli itoatkorlarning
faxrlanishidan yaxshiroqdir!]1
. Ham aning so‘zidurkim, [muhabbatning rostligi – mahbubga itoat
qilishlikdadir]2
. Ul debdurki, zohidlar dunyo g‘urabosidurlar va oriflar – oxirat g‘urabosi. Va ham ul
debdurki, muhabbatning haqiqati uldurkim, lutf bila ortmag‘ay va jafo bila o‘ksumag‘ay. Ta’rix ahli
debdurlarkim, Yahyo Mu’oz Balxqa bordi va anda iqomat qildi, muddatdin so‘ngra Nishoburg‘a keldi
va anda dunyodin o‘tti, ikki yuz ellik sakkizda.

49. Xalaf b. Ali q. t. r.
Ul Basradin erdi, Yahyo Mu’oz q. s. bila suhbat tutub erdi. Ul dediki, bir kun Yahyo Mu’oz suhbatida
erdim. Birovga vajd voqe’ bo‘ldi. Birov Shayxdin so‘rdikim, bu kishiga ne voqe’ bo‘ldi? Shayx
dedikim, Tengri so‘zin eshitti, vahdoniyat ko‘nglig‘a kashf bo‘ldi va insoniyat sifati mahv bo‘ldi.
50. Boyazid Bistomiy q. t. a.
Avvalg‘i tabaqadindur. Oti Tayfur b. Iso, Ahmad Xuzravayh va Abu Hafs va Yahyo Mu’oz va Shaqiq
Balxiyni ko‘rub erdi. Ul Roy ashobidin erdi ammo anga bir valoyat eshigi ochildikim, anda mazhab
padiydor bo‘lmadi. Boyazid q. s. namoz qilsa erdi, ko‘ksining. so‘ntaklaridin qa’qa’a chiqar erdi tengri
taolo qo‘rqunchidin va shariat ta’zimidin. Boyazid naz’ vaqtida dedikim, [Allohim, seni faqat g‘ofillik
bilan esladim va senga faqat sustkashlik bilan xizmat qildim]1
.
Bu so‘zni dedi va bordi. Boyazid q. s.ning shogirdi Abu Muso dedikim, Boyazid dediki, Alloh taoloni
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 21
tush ko‘rdum, so‘rdumki, bor Xudoyo, yo‘l senga ne nav’dur? Dedikim, o‘zungdinkim o‘ttung, menga
yetting! Olamdin o‘tgandin so‘ng tush ko‘rdilar, holin so‘rdilar, dedikim, mendin so‘rdilarki, ey qari,
ne kelturubsen? Dedim, darvesh podshoh eshigiga kelsa, andin so‘rmag‘aylarki, ne kelturubsen?
So‘rg‘aylarki, ne kerak? Ta’rix ikki yuz oltmish birda olamdin o‘tdi. Derlarki, Nishoburda Iroqiya
degan ajuzae erdi. Eshiklarga yurub, savol qilur erdi. O‘tgandin so‘ngra so‘rdilarki, holing nedur? Ul
dedikim, mendin so‘rdilarkim, ne kelturubsan. Dedim, oh, barcha umrumni bu eshikka havola qilur
erdimkim, tengri bergay. Emdi mandin so‘radurlarki, ne kelturubsen? Javob keldikim, chin aytur. Anga
evrushmang.
51. Abu Ali Sindiy q. t. s.
Shayx Ro‘zbehon Baqliy q. s. «Shathiyot» sharhida debdurkim, ul Boyazidning ustodlaridindur.
Boyazid q. s. debdurkim, men Abu Alidin fano ilmini tavhidda o‘rganur erdim. Ul mendin «Alhamdu» va «Qul-hu-volloh»ni.
52. Abu Hafs Haddod q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur.
Oti Amr b. Salama. Nishoburning kentlaridindur. Abu Usmon Hiriyning ustodi. Olam yagonasi
erkandur. Shoh Shujo’ Kirmoniy anga nisbat durust qilur. [Mashoyixlardan ba’zisi aytibdurki,
Junaydga hikmat, Shoh Shujo’ Kirmoniyga vujud, Abu Hafsga axloq va Abu Yazidga haymon
berildi]1
.
Abu Hafs Ahmad Xuzravayh bila Boyazidning rafiqi erdi va Abdulloh Mahdiy Bovardiyning
shogirdidur. Ul debdurkpm, zohir-husn adabi, botin-husn adabining unvonidur. Hajga borurda
Bag‘dodga yetishti. Junand ,q. s. istiqbol qildi. Abu Hafs q. s. musin erdi, muridlari bosh ustida ko‘laga
qilib, ayog‘ Ustig‘a turub erdilar. Junayd ashobg‘a dediki, muluk adabin o‘rganibsiz? Agar
o‘rganmansiz. ko‘rung, o‘rganing! Zoxir yuzidin adab asramak Tengrining do‘stlarig‘a, botin yuzidin
adab asramakdur Tengrig‘a. Abu Hafs debdurki, har kim, har vaqtda af’olu ahvolin kitob va sunnat
mezoki bila vazn qilib, rost qilmag‘ay ul kishini er demasbiz. Va ham ul debdurki, [futuvvat– insof va
adolat qilish, lekin ularni talab-qilmaslik]2
. Va dunyodin o‘tganini ta’rix ikki yuz oltmish to‘rtda, ba’zi
oltmish yettida debdurlar.
53. Abu Muhammad Haddod q. t. r.
Abu Hafsning muridlaridindur. Abu Hafs anga buyurdikim, temurchilik qil va hosil qilg‘aningni
darveshlarga maxfiy ulash va andin tasarruf qilma: va o‘z yemaging uchun savol qil! Necha vaqt andoq
qildi Xaloyiq aning ta’niga til uzattilarki, hirs ko‘rungki, bovujud kasbi savol ham qilur. Chun oqibat
ma’lum qildilarki, holi ne nav’ emish, el qoishda anga qabul paydo bo‘ldi. Abu Hafs dedikim, chun
holingdin el voqif bo‘ldilar, emdi savol sanga harom bo‘ldi kasb qilg‘andin o‘q qut qil.
54. Zolim b. Muhammad q. s.
Mashoyix buzurglaridin erdi. Oti Abdulloh, otig‘a tag‘ayyur berib Zolim qo‘ydi. Der erdiki, mendin
hargiz bir pisandida bandalig‘ qilmamish bo‘lg‘ay, bas zolim bo‘lg‘anman, ya’ni o‘zumga. Va ul Abu
Ja’far Haddodning shogirdidur. O‘l debdurkim, har kim tilasaki, bu yo‘l anga ochilg‘ay, uch ishga
mudovamat qilsun: Haq yodi bila orom tutmak va xalqdin qochmak va oz nima yemak.
55. Abu Muzohim Sheroziy q. r.
Fors mashoyixidindur. Junayd va Shibliy bila munozara qilibdur. Chun ma’rifatda so‘z aytsa erdi,
mashoyix andin qo‘rqarlar erdi. Buzurgvor, sohibi hadis erdi. Abu Hafs ziyoratig‘a bordi. Abu Hafsg‘a
bir necha diram yetib erdi. Ashob dedilarki, bu diramlarni beralikim, mustaroxlarni aritsunlar. Shayx
dedikim, muni o‘zumiz qilibbiz, yana birovga aritmag‘in buyurmak ne? Ya’ni o‘zumiz aritmak kerak
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 22
va yetgan futuhni darveshlar ishiga sarf qilmak kerak. Ishqa mashg‘ul erdilarkim, birov yetib Shayxqa
dedikim, o‘zungni yuv va xirqa kiyki, Shayx Abu Muzohim Forisdin yetishti. Shayx dediki, agar ham
ul Abu Muzohimdurki, men ko‘rubmen, bo‘la olurki, meni ushmundoq-o‘q ko‘rgay. Shayx Abu
Muzohim yetishti, bu holni ko‘rgach, salom berdi va yalong‘achlanib muvofaqatig‘a alar kirgan yerga
o‘zin solib, ishga mashg‘ul bo‘ldi. Abulhusayn Qushchi So‘fiy r. a. debdurkim, [Kimki o‘zining
nazarida xor ko‘rinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki, o‘ziga ulug‘ ko‘rinsa,
Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib ko‘rsatadi]1
. Abu Bakr Varroq q. s. debdurki, bu ish
birovning ishidurkim, Tengri taolo uchun mazbalalarni jop bila supurmish bo‘lg‘ay.
56. Abdulloh Mahdiy Bovardiy q. s.
Bu toifaning buzurglaridindur. Abu Hafs Haddod q. s. ustodidur. Abu Hafs avval Bovardqa bordi va
bu Abdulloh burun temurchi erdi, munung qoshida shogirdlik qilur erdi. Va Abdullohning olam ishin
tark qilib, bu ishga kirmagiga sabab bu erdikim, bir kun temurchilik qilur erdi va temurni ko‘rada
qizdirib erdi. Nobiynoe utub borur erdi, eshittiki, bu oyatni o‘qurkim, [o‘sha kunda Haq – sobit
(yolg‘iz) Rahmon uchun bulur]1
. Qizig‘an temur ilgidin tushti va hol anga mutag‘ayyir bo‘lub, bexud
ilig urub, ul qizig‘ temurni ilig bila yerdin ko‘tardi. Shogird bu ishni ko‘rub, behush bo‘lib yiqildi.
Shogirdqa dedikim, sanga ne bo‘ldi? O‘z ilgida ul qizig‘an temurni ko‘rdi, dedi: chun mening sirrim
oshkor bo‘ldi, qutuldum. Do‘konni barham urdi va bu yo‘lg‘a kirdi.
57. Hamdun Qassor q. t. s.
Avvalg‘i tabaqadindur. Kuniyati Abu Solih. Malomatiyaning shayx va imomidur. Nishoburda
malomat tariqin ul nashr qildi. Avval masalaki, andin Iroqqa elttilar, Sahl Abdulloh Tustariy va.
Junayd dedilarkim, agar ravo bo‘lsa erdiki, Ahmad Mursal s. a. v. din so‘ngra pang‘ambare bo‘lg‘ay
erdi, ul bo‘lg‘an erdi. Ul.olim va faqih erdi. Savriy mazhabi bor erdi. Abdulloh Muborakning
ustodidur. Islom b. Husayn Borusiy va Abu Turob Naxshabin va Ali Nasrobodiy bila suhbat tutub erdi.
Abu Hafs Haddodning rafiqlaridindur. Ta’rix ikki yuz yetmpsh birda dunyodin o‘tti, Nishoburda.
Qabri Hiriydadur. Ul debdurki, o‘z nafsimni Fir’avi nafsig‘a fazl qo‘ymasmen, ammo o‘z ko‘nglumni
aning ko‘ngliga fazl qo‘yarmen. Ham aning so‘zidurkim, [kimki, salafi solihinlarning siyratig‘a nazar
solsa, o‘zining kamchiliklarini ko‘radi va odamlardan orqada qolganligini anglaydi]1
. Va ham ul
debdurki, [kimdaki, bir yaxshi xislat ko‘rsang undan ajramaginki, albatta, uning barakotidan senga
ham naf’ yetadi]2
.
58. Abulhusayn Borusiy q. s.
Oti Islomdur. va kuniyati Abu Imron, Nishobur mashoyixining qudamosidindur. Hamdun Qassoriing
ustodlaridindur. Mustajob ud-da’vo erdi, ul .debdurki, [sunnatga ergashmay, bid’atlardan qochmay
turib, biron kishida iymon nuri zohir bo‘lmaydi. Qaerda nursiz-zohiriy harakatlarni ko‘rsang, bilginki,
u yerda maxfiy bid’at bordir]1
.
59. Mansur b. Ammor q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur. Kuniyati Abussariy. Ba’zi Marvdin debdurlar, ba’zi Bovarddin. Ani tushda
ko‘rdilar, so‘rdilarkim, holing ne? Dedikim, Haq s. t. yettinchi ko‘kda minbare qo‘ydurdi va manga
dedi, olamda mendin aytur erding, munda manga ayt va mening fa-rishtalarimg‘a ayt.
Bir qatla bir yigit aning ilgida tavba qilib erdi, yana tavba sindurub, isyon sari moyil bo‘ldi. Ul anga
dediki, mundin o‘zga jihat bilmanki, yo‘lni qattig‘ ko‘rdung va hamroh–oz, malul bo‘ldung, qaytting.
60. Ahmad b. Osim Antokiy q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur. Kuniyati Abu Alidur. Bishr Hofiy va Sari Saqatiy va Horis Muhosibiy
aqronidindur. Debdurlar Fuzayl Iyozni ko‘rubdur na Ahmad b. Abulhavoriyning ustodlaridindur. Ul
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 23
debdur: Har amAliing imomi ilmdur, har ilmning imomi inoyat. Za ham ul debdurki, Allohu taolo
ayturki, [bilingizki, mol-dunyo va bola-chaqalaringiz faqat bir fitna-aldovdir. Yolg‘iz Allohning
huzuridagina ulug‘ ajr-savob bordur]1
. Va biz ul fitnani ko‘prak tilarbiz. Va ham ul debdurki, [rizoning
boshi sabrdur]2
.
61. Muhammad b. Mansur Tusiy q. s.
Ul Bag‘dodda ermish, sufiy va muhaddis. Usmon b. Said Dorimiyning va Abulabbos Masruqning va
Haddodning va Abu Said Xarrozning va Junayd q. a.ning ustodi ermish. Abu Said Xarroz q. s.
debdurki, Muhammad Mansurdin faqr haqiqatin so‘rdilar. Dediki, [har qanday yo‘qchilikda –
xomushlik, har qanday to‘qchilikda saxiylik]1
. Va ham Muhammad Mansur bir yerda so‘z aytadur erdi,
bu toifa so‘zidin. Hamonoki, so‘z malomatiya zikrig‘a yetti, birav ayttikim, malomatiya so‘zi bizing
shonimiz emas, biz bu so‘zning kimi bo‘lurbiz? Muhammad Mansur javob berdikim, [solihlar esga
olinganda, Allohning rahmati nozil bo‘ladi]2
. Filhol yog‘in tutti va go‘yoki bulut yo‘q erdi.
62. Ali Akkiy r. t. ch
Ham bu toifadindur. Makkada muhojir erdi. Yaxshi so‘zlari va muomalasi bor. Shayx ul-islom andin
so‘zlar naql qilibdur.
63. Hotam Asamm q. s.
Avvalg‘i tabaqadindur, kuniyati Abu Abdurahmon. Xuroson mashoyixining qudamosidindur. Shaqiq
Balixiy bila suhbat tutubdur va Ahmad Xuzravayhning ustodidur. Ta’rix ikki yuz yettida Balx
navohiysida olamdin o‘tti. Derlarki, asamm emas erdi va bir amre voqe’ bo‘ldiki, ani Asamm dedilar.
Mashoyix kitobin o‘qug‘an ul kayfiyatni ma’lum qilur. Ul debdurki, [Agar xudoyingga osiy
bo‘lmoqchi bo‘lsang, u seni ko‘rmaydigan joyda osiy bo‘l, ya’ni Allohga osiy bo‘lmaki, har yerda u
senn ko‘radi]1
. Va ham ul debdurki, har kim bu yo‘lg‘a kirar, to‘rt o‘lumni o‘ziga tutmak kerak: Mavti
abyaz – va ul qorin ochlig‘idur .va mavti asvad va ul xalq izosig‘a sabr qilmaqdur va mavti ahmar – va
ul nafs muxolafatidur va mavti axzar – va ul xirqag‘a yurunlar tikmakdur, Andin so‘rdilarki, qaydin
nima yersen? Dedikim, [er va osmon xazinalari Allohnikidir. Lekin munofiqlar (buni) anglamaslar]2
.
64. Ahmad b. Abulhavoriy q. s.
Anvalg‘i tabaqadindur va Damashq ahlidin. Kuniyati Abulhasan. Va Abu Sulaymon Doroniy va
Abdudloh Nibojiy va ul zamonning ko‘p mashoyixi bila suhbat tutub erdi. Va Muhammad b.
Abulhavoriy aning qardoshi, zuhdu taqvoda aning bila tenglpk qidur erdi. Va o‘gli Abdulloh dag‘i ul
zamonning zuhhodidin erdi va otasi Maymun mutavarri’lar va oriflardin. Va alarning xonvodasi zudxu
taqvo xonvodasi erdi. Va Junayd q. s. aning bobida dobdurkim, [Ahmad b. Abulhavorni Shomning
tabarruk kishilaridan]1
. Ul debdurki, dunyo mazbalaedur, itlar majmai. Va itdin o‘ksuk ul kishiki, andin
yiroq bormas, nechunki it hojatinki mazbaladin olur ketar va ani sevar kishi hech hol bila andin
ayrilmas.
65. Abu Abdulloh Xubayq Sobik Antokiy q. s.
Avvalgi tabaqadindur na kuniyati Abu Muhammad
Sufiyaning zuxhodidindur: Asli Kufiydir, ammo Antokiyada muqim bo‘lur erdi. Va tasavvufda
Sufyon Savriy tariqida erdikim, aning shogirdlari bila suxbat tutibdur. Ul debdurki, to‘rt nimadurki,
andin guriz no‘qdur: ko‘z va til va ko‘ngul va havo. Ko‘zungni asraki, har neki Xudoyi taolo pisand
qilmag‘ay, anga bokmag‘ay va tilingni asraki, bir nima demagayki, Xudoyi taologa aniig xilofi
ko‘nglungda zohir bo‘lg‘ay va ko‘nglungni asraki, hech musulmonning hiqdi va g‘illi anda bo‘lmagay,
havongni asraki, hech noshoyistqa moyil bo‘lmagay. Vaqtnki, senda bu to‘rt xislat bo‘lmag‘ay, kul
boishngg‘a sovurki, badbaxt bulding.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 24
66. Sahl b. Abdulloh Tustariy q. s.
Ikkinchi tabaqadindur, bu qavmning kubarosidin» va bu tonfaning ulamosidin. Imom Rabboniyki,
iqtidog‘a shoistadur. Kuniyati Abu Muhammad. Ahvolda qaviy va so‘zda za’if debdurdar. Zunnun q.
s.ning shogirdidur. O‘z tag‘oyisi Muhammad Savvor bila suhbat tutubdur. Va Junayd q. s.ning
aqronidindur va andin burunroq ta’rix ikki yuz sakson uchda muharram oyida olamdin o‘tubdur,
sakson yoshda. Ul debdurki, [bu ishning boshi shunday ilmdurki, uni idrok qilib bo‘lmaydi, oxiri ham
ilmdurki, tamom bo‘lmaydi]1
. Va ham aning suzidurkim, [modomiki, faqirlikdan qo‘rqasan, sen
munofiqsan]2
. Va ul dsbdurki, darvesheki, aning ko‘nglidin elning ilgidin nima olmoqning chuchukligi
ketmamish bo‘lg‘ay, andin faloh kelmagay. Va ham ul debdur, ul oyat tafsiridaki, [albatta, Alloh
adolatga, chiroyli amallar. qilishga buyuradi]3
. Adl uldurki, luqmada rafiqning insofin bergaysen va
ehson ulki, luqmada avvaliroq ko‘rgaysen. Va ham ul debdurkim, shayton uyuqlag‘andinki och
bo‘lg‘ay, qochar.
67. Abbos b. Hamza Nisoburiy q, s.
Bu toifaning ulug‘laridindur. Kuniyati Abulfazl. Zunnun q. s. bila suhbat tutubdur. Ikki yuz sakson
sakkizda Rabe’ ul-avval oyida dunyodin o‘tubdur, Junayd q. s.din burun. Aning jaddi Abu Hafiz
debdurkim, ul Zunnun q. s.din naql qilibdurkim, [talab qilgan narsalarining nimaligini bilishganda edi,
ularga sarf qilganlari behudaligini anglashardi]1
. Ham ul naql qilibdurki, [sen bilan xursandchilik qilib,
qanday sevinmayki; menga islomni rizqu-ro‘z qilgan payting sen meni ham eslagan eding]2
. Yana bir
rivoyatda [meni tavhid ahlidin qilgay paytingda]3
kelibdur.
68. Abbos b. Yusuf Shakliy q. s.
Aning kuniyati dag‘i Abulfazldur. Bag‘dodlig‘dur. Ul debdurkim, har kishining mashg‘ullug‘i Haq
subhonahu va taolo bilandur. Andin so‘rmamoq kerak.
Sh ye ‘ r:
[Qalbimni dunyo va uning lazzatidan ozod qildim.
Sen va qalbim br-biridan ajralmaydi.
Ko‘zlarnmni aslo uyqu eltmaydi, faqat
Seni qorachiqlarim ichida topganimda yumiladi].
69. Abbos b. Ahmad Shoir Rumiy q. s.
Aning ham kuniyati Abulfazldur, Shom mashoyixining yagonasidur. Abulmuzaffar Kirmonshohiyning
shogirdidur. Shayx ul-islom debdurki, men bir kishi ko‘rubmenki, ani ko‘rubdur va ul kishi Shayx
Abulqosim. Bu Salama Abivardiydur.
70. Abu Hamza Xurosoniy q. t. s.
Uchunchi tabaqadindur. Va debdurlarki, nishoburlug‘ erkondur. Iroq mashoyixi bila suhbat tutubdur
va Junayd q. s. aqronidindur va Abu Turob Naxshabiy bila ham suhbat tutubdur. ,Va Abu Said Xarroz
q. s. ning rafiqi erkondur va zamon mashoyixining javonmardlaridin ermish. Va ikki yuz to‘qsonda
dunyodin o‘tti. Junayd va Nuriydin burun va Abu Said Xarroz va Abu Hamza Bag‘dodiydin so‘ngra.
Bir kun Ray mas-jidida poytobae tiladi, birav aning oldig‘a dabiqa soldi. Bir poytobalig‘in yirtub,
oyog‘iga chirmadi va ortug‘in tashladi. Birav dediki, ajoyib ish qilding, bu nafis jinsni sotsang erdi,
necha poytobalig‘ hosil erdi. Dedikim, men mazhabda xiyonat qilmasmen. Shayx ul-islom debdurki,
tasavvuf bila tasarruf jam’ bo‘lmaslar, dunyoni darig‘ tutmak va anga qiymat qo‘ymak – erni
tasavvufdin, qilni xamirdin chiqarg‘andek chiqarur. Dunyo bir kesakdur va ul kesakdin bizning
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 25
nasibamiz bir gard.
71. Abu Hamza Bag‘dodiy q. s.
Uchunchi tabaqadindur, oti Muhammad b. Ibrohimdur. Sariy Saqatiy va Bishr Hofiy bila suhbat
tutubdur va alarning aqronidindur. Abu Turob Naxshabiy bila safarda rafiqlik qilibdur. Abu Bakr
Kattoniy va Xayr Nassoj va g‘ayrhumo andin hadis rivoyat qilurlar. Ikki yuz sakson to‘qquzda
dunyodin o‘tti. Junayd va Abu Hamza Xurosoniydin burunroq va Abu Said Xarrozdin so‘ngraroq. Ul
debdurkim, [agar g‘af-lat bo‘lmaganda edi, siddiqlar Alloh zikri nash’asidin halok bo‘lur erdilar!1
. Va
ham ul debdurkim, [faqyrlarni do‘st tutish og‘ir, unga siddiqlardan boshqalar chiday olmaydilar]2
.
Bir qatla Tarsusda anga azim qabul voqe bo‘ldi, xaloyiq aning sari yuz qo‘ydilar. So‘z asnosida bir
so‘z dedi va avom ul so‘zning ma’nosig‘a yetmay, ani hulul va zindiqg‘a nisbat berdilar va mardud
qildilar. ulog‘larni talab, ul yerdin ixroj ettilar. Chun Tarsusdan chiqti, bu baytni o‘qudiki,
sh ye ‘ r:
[Qalbimda sen uchun begonalardan asrab, avaylagan joy bor,
Shuning uchun ko‘yingda duch kelgan mashaqqatlarmenga oson kechadi]3
.
72. Hamza b. Abdulloh Alaviy q. s.
Kuniyati Abulqosimdur. [Bir necha yil tavakkul bilan sahrolarga safar qildi. Aytadilarki, muqimlik
paytida ham yerga yonboshlamadi. Safarlarida o‘zi bilan mesh olib yurmasdi va zikrdan qolmasdi]. Ul
Abulxayr Taynotiyning shogirdi erdi. Bodiyani och qorin bila qat’ qilur erdi. Ul debdurkim, qorin
to‘qlug‘i ma’lum doxilidur. Ham aning so‘zidurkim, sufiy bodiyada ani asramoq kerakqi, vatanda
asrarki, sufiyg‘a safar hazardur.
73. Abu Said Xarroz q. t. s.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Iso va laqabi Xarroz. Va Bag‘dodiyyul-asldur. Bu toyifaning
muxabbatidin Misrga bordi va Makkada mujovir erdi. Qavmning aimmasi va mashoyixiing
ajillasidindur. Muhammad b. Mansur Tusiy shogirdidur. Zunnun Mis-riy va Abu Ubayd Busriy va
Sarin Saqatiy va Bishr-Hofiy bila suhbat tutubdur. Va ul avval kishidurki fanovu baqo ilmida so‘z
debdur. Va Shayx ul-islom debdurki, ul o‘zin Junaydning shogirdlig‘ida ko‘rguzur erdi, ammo aning
ustodi erdi va andin ulug‘ erdi. Va andin burunroq, ikki yuz sakson oltida dunyodin o‘tti. Va Junayd
aytibdurki, [agar Allohu taolo Abu Said Xarroz erishgan haqiqatni bizdan talab qil-ganda, albatta,
halok bo‘lardik]1
. Bu so‘zi Junaydning dalil bula olurki, Abu Said Xarroz andin ulug‘roq va aning piri
bo‘lg‘ay va aning ustodi. Shayx ul-Islom debdurki, bukim Boyazidni Sayyid ul-orifin debdurlar,
Sayyid ul-orifin Haq subhonahu taolodur va oda-miylardin Muhammad Arabiydur s. a. v. va bu
toyifadin Abu Said Xarrozdur. Va ham Shayx ul-islom debdurki, mashoyix orasida andin ulugroq hech
kishini tanimasmen. Abu Said Xarroz debdurkim, [jahdu mashaqqat bilan biror nparsaga erishmoqchip
bo‘lgan kishi mutaanniy (mashaqqat tortuvchi)dir. Osonlikcha erishmoqchi bo‘lgan mutamanniy (orzu
qiluvchi)dir]2
. Shayx ul-islom debdurki, ani tilamak bila topsa bo‘lmas, ammo tilagan topar va
tonmag‘uncha tilamas. Va ham Xarroz q. s. debdurkim, [oriflarning riyosi muridlarning ixlosidan
yaxshidir3. Va ham ul debdurkim. moziy avqotining tadoruki boqiy avqotin zoe’ qilmoqdur.
74. Ahiaf Hamadoniy q. s.
Hamadon mashoyixining ulug‘laridindur. Ul debdurki, mening ishim ibtidosi bu erdikim, yolg‘uz
bodiyada horib, darmonda bo‘lub erdim. Ajzu niyoz iligin ko‘tarib dedim: bor Xudoyo, ojizu zayf
bandangmen, sening ziyoratingg‘a kelibmen. Ko‘pglumga bu keldikim. javob bo‘ladurkim, seni Kim
tiladi? Dedim: yo Rab, mulkiydurkim, tufayliyning gunjoyish bor. Nogoh birav kechkam tarafidin
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 26
menn chorladi. Boqtim ersa, ko‘rdum. a’robidur, teva mingan. Dedi: Ey ajamiy, qayon borursen?
Dedim: Makkaga. Dedi: seni kim tilabdur? Dedim: bilmon. Dedi: ul bu yo‘l sharti isti toat qilmaydur?
Dedim: qilibdur, ammo tufayliymen. Dedi: Yaxshi, tufayliysen, ammo mamlakat vasi’dur. Dedi: bu
tevaga g‘amxorlig‘ qila olg‘aysen? Dedim: qila olg‘aymen. Tevasidin tushti va meni mindurdi va dedi:
bor Tengri uyig‘a.
75. Abu Shu’ayb Muqanna’ r. t.
Oti Solihdur. Misrda bo‘lur erdi. Abu Said Xarroz q. s. asrida erdi. Yetmish haj yayoq borib erdi. Har
dajda Bayt ul-muqaddas sahrosindin ehrom bog‘lar erdi va Tabuk bodiyasig‘a kirar erdi. So‘nggi
hajida bodiyada ko‘rdikim, bir itning suvsizlig‘din tili og‘zidin chiqib, halok bo‘lgudekdur. Nido
qildikim, ey qavm, kim bo‘lg‘ankim. Yetmish yayoq hajni bu it ichkuncha suvg‘a sotqin olg‘ay? Birav
ul tilagancha suv kelturdi. Ul olib, ul itni serob qildi va dedn: ul hajlarimdin bu manga yaxshiroq
erdikim, Hazrat Risolat s. a. v. debdurki, [har bir tirik jonga yaxshilik qilishda ajr bor)1
.
76. Abu Aqqol b. Ilvon Mag‘rnbiy q. s.
Mashhur mashoyixdindur va Abu Horun Andalusiy bila suhbat tutubdur. Va Makkada dunyodin
o‘tubdur, qabri Makkadadur. Abu Usmon Mag‘ribiy q. s. Abu Aqqolning ba’zi ashobidin naql
qilibdurkim, ul Makkada to‘rt yil yemak-ichmakdin hech nima ixtiyor qilmadi va ba’zi to‘rt yildin
ko‘prak debdurlar. Vallohu a’lam.
77. Hammod Qurashiy q. t. s.
Kuniyati Abu Amrdur va bagdodligdur. Mashonixning buzurglaridindur. Junayd q. s. anga musharraf
bo‘lur ermish. Ja’far Xuldiy debdurki, necha kun Hammod Qurashiyni ko‘rmaydur erdim, uyiga
bordim ani ko‘rgali. Ul yo‘q erdi, ul yo‘qsizlik zaruratidin ayolining burupchakni olib, bozorg‘a eltgan
ermishkim, sotib yegulik kelturgan. Kelturganni ashob qoshida qo‘ydi. Birav o‘ttiz oltun kelturub anga
berdi, ul olmadi. Ayoli uy ichidin un biyik qilib, ul o‘tgan ishni izhor qildi va aning bu vajh
olmaganidin gila qildi. Ja’far Xuldiy debdurki, mei bu voqeani Junayd q. s.g‘a ayttim. Junayd andin
so‘rdi, ersa ul ayttikim, ul koloni dallolg‘a berdimkim, sotqay. Bir un eshit-timki, sen bu ishni bizing
uchun qilding, sanga javod yetkusidur. Bu vajhkim, ul kishi kelturub erdi, olmadim. Junayd dedi:
yaxshi qildingki, olmading. Shayx ul-islom debdurki, boqingki, podosh birla garra bo‘lmag‘aysiz.
78. Abulhusayn Nuriy q. t. s.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad.
Al-Bag‘oviyg‘a ma’rufdur. Bag‘dodiyul-asldur. Sariy Saqatiy va Muhammad Ali Qassob va Ahmad b.
Abulhavoriy bila suhbat tutubdur va Zunnun Misriy q. s. ni ko‘rubdur va Junayd q. s. aqronidindur va
andin tezvaqtroq, debdurlar. Nuriy doim tasbeh evurur erdi. Andin so‘rdilarkim, [Allohni zikr
qilasanmi?]1
. Dedilar: bu tasbeh bila tilarsenki, Allohu taolo sening yodingda bo‘lg‘ay? Dedi: Bu
tasbeh bila tilarmenki, Haqdin g‘ofil bo‘lg‘aymen. Va ham aning so‘zidurkim, [ubudiyat
(bandalik)ning sofligi seni mag‘rur qilmasinki, unda rububiyat (rabboniylik)ni unutish bordir)2
. Andin
so‘rdilarki, Tengrining ne bila taniding? Dedi: Tengri bila! Dedilarki, Bas, aql nedur? Dedi: Aql
ojizdur, yo‘l ko‘rsatmas, magar ojizg‘a. Va ul debdurkim, [Haq kimdan o‘zini yashirsa, har qanday
ishonchli dalil va xabar uni hidoyat qilolmaydi]3
. Va ham ul debdurkim, [bir kun nurga boqdim va
undan aslo ko‘zimni uzmadim, hatto shu nurga aylandim]4
.
79. Sayyid ut-toifa Junayd Bag‘dodiy q. s.
Ikkinchi tabaqadindur va kuniyati Abulqosimdur va laqabi Qavoririy va Zajjoj va Xazzoz. Qavoririy
va Zajjoj andin debdurlarki, otasi shisha sotar ermish va Xazzoz aning uchunki, xazz san’atin bilur
emish. Asli Nihovanddindur. Tavalludu mansha’i Bag‘doddindur. Abu Savr mazhabida bo‘lur
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 27
ermishki, Imom Shofe’iy q. s.ning ulug‘roq shogirdidur va ba’zi debdurlarki, Sufyon Savriy
mazhabida ermish.
Sariy Saqatiy va Horis Muhosibiy va Muhammad Ali Qassob bila suhbat tutubdur va alarning
shogirdidur va qavmning aimmasi va sodotidindur. Barcha nisbatni anga durust qilurlar Xarroz va
Ruvaym va Nuriy va Shibliy va g‘ayruhum. Abul Abbos Ato debdurkim, [shu ilmda bizning
imomimnz, tayanchimiz va peshvomiz Junayddur]1
. Xalifai Bag‘dod Ruvaymg‘a ayttiki, ey beadab! Ul
dediki, yarim kun Junayd bila suhbat tutubmen, nechuk meni beadab degaylar, ya’ni har kishikim
yarim kun Junayd bila suhbat tutmish, bo‘lg‘ay, ondin tarki adab kelmag‘ay. Xususankim, ortuqroq.
Junayd debdurki, Sariy manga doim aytur erdikim, majlis tut va elga so‘z ayt! Men nafsimni muttaham
qilur erdim mungakim, bu ishga istihqoqim yo‘qdur, to ulkim bir juma kechasi Hazrat Risolat s. a. v.ni
voqeada ko‘rdum. Ul Hazrat amr qildilarki, [«Insonlar bilan so‘zlash»]2
. Sahar erta Sariy eshignga
bordim va eshik qoqtim. Dediki, men degan so‘zga inonmading, to senga amr qildilar. Bas, tong erta
majlis qo‘ydum va so‘z og‘oz qildim. Atrofg‘a xabar muntashir bo‘ldikim, Junayd so‘z aytadur. Majlis
qirog‘idin bir yigit dedikim, [Ey shayx, Rasululloh s. a. v.ning «Mo‘minning farosatidan ehtiyot
bo‘ling, chunki u Alloh nuri bilan nazar qiladi» hadisining ma’nosn nima?]3
. Junayd debdurki, bir
lahza bosh quyi soldim va bosh ko‘tardim. Dedimki, islom keturki, islomning vaqti yetibdur. Ul yigit
tarso emish. Filhol islom qabul qildi. Imom Yofi’i debdur: bu ishta el Junayndg‘a bir karomat isbot
qilsalar, men ikki karomat sobit qilurman. Biri ul yigitning tarso ekanin, biri islom vaqti yetkanin
bilgani. Junayd debdurki, [ilmning vajdu holg‘a g‘olib bo‘lishi vajdu holning ilmga g‘olib bo‘lishidan
yaxshiroqdur]4
. Va ham ul debdurkim, [majlislarning sharaflirog‘i va yuksakrog‘i tavhid maydonida
fikr bilan o‘tirishdir]5
. Va ham aning so‘zidurkim, [himmatingni Allohu azza va jalla tomonga qarat.
Zinhor Allohu azza va jallani mushohada qiladigan basirat ko‘zingni undan boshqasiga qaratmaginki,
Allohning nazaridan qolasan. Junayddan so‘radilar: amalsiz ato bo‘ladimi? Aytdi: Har bir amAliing
o‘zi uning lutfu inoyatidindur]6
.
Shayx Abu Ja’far Haddod debdurki, agar aql kishi suratia kirsa erdi, Junayd surati bo‘lg‘oy erdi.
Junayd q. s. ikki yuz to‘qson yettida dunyodin o‘tubdur. «Tabaqot» kitobida Qushayriy risolasida bu
nav’ bitilibdur va Imom Yofi’n" ta’rixida to‘qson sakkizda debdur va ba’zi to‘qson to‘qquzda
debdurlar.
80. Abu Ja’far Karnabiy r. t.
Junaid q.s. aqronndin debdurlar va Junaidning x;am ustodn dsbdurlar. Bag‘dod mashoyixining
kiboridindur. Ja’far Xuldin debdurki, Ibnul Karnabiy-ning vafoti kuni Junayd q. s. aning boshi ustida
o‘lturub erdi. Boshin yuqori, osmon sari ko‘tardi. Abu Ja’srar ayttiki, bu’d va yirog‘liqdur. Boshin
yerga qo‘ydi. Ham ul aytti, bu’d va yirog‘liqdur, ya’ni [albatta, Haq bandasig‘a ishora qiladigan
taraflardan yaqinroq]1
.
81. Kahmas Husayn Xamadoniy q. r.
Laqabi Abu Muhammaddur, hamadonliq. Va ko‘p mashoyix suhbatiga yetibdur. Ul debdurki,
Hamadonda bir kecha o‘z uyimda erdim. Birav eshik qoqdi, xayolimga keldiki, Junayd bo‘lg‘ay. Eshik
ochdim, Junaid erdi. «Salom» – dedim, javob berib dediki, qosid sening ziyoratingga kelibmen.
Xotiring tuzluki ma’lum bo‘ldi,–dedi va yondi. Yana kun Hamadonda tiladuk, topilmadi. Bag‘doddin
kelgan musofirlardin so‘ruldikim, falon vaqt Junayd Bag‘dodda g‘oyibmu erdi? Hech kim nishon
bermadi, ham ul kecha kelib borgan ekandur.
82. Amr b. Usmon Makkiy q. t. s.
Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Abdulloh. Husain Mansur Halloj q. s.ning ustodidur. Nisbatin
Junayd Q. s.g‘a qilur va Xarroz bila suhbat tutubdur va alarning aqronidindur.
Asli Yaman mulkidindur. So‘zi daqiq bo‘ldi, oni kalomga mansub qilib, mahjur qildilar va Makkadin
surdilar, Jiddaga bordi. Ul debdurki, [muruvvat do‘stlarning qusur va kamchiliklaridan ko‘z
yumishdir]1
. Va ham ul debdurki, [vajd kayfiyatini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, chunki u mo‘minlar
nazdida Allohning sirridir|2
.
Bir kun Ali Sahl andin so‘rdikim, [zikrning qonuni nima?,]3
. Ul dedikim, [Haqning sifatlarini bilgan
holda, uni yakka-yagona deb bilmoq)4
. Va ul ikki yuz to‘qson oltida dunyodin o‘tti va ba’zi to‘qson
yettida va ba’zi to‘qson birda debdurlar va ba’zi Bag‘dodda va ba’zi Makkada debdurlar.
83. Shoh Shujo’ Kirmoniy q. t. s.
Ikkinchi tabaqadindur, muluk avlodidindur. Abu Hafsning rafiqlaridin. Abu Turob Naxshabiy va Abu
Abdulloh Ziro’ Busryay va Abu Ubayd Busriy bila suhbat tutubdur. Va Abu Usmoi Hiriyning
ustodidur.. Va ul qabtan bila yurur erdi, andoqki ba’zi mashoyix xirqa bila va ba’z gliyim bila va ba’zi
taylason bila. Va Shoh Abu Hafsdin so‘ngra ikki yuz yetmishda dunyodin o‘tibdur va uch yuzda ham
bitibdurdar. Shoh bir kitob bitibdur. Yahyo Mu’oz Roziy g‘ino fazlin faqrga qilib bitigan kitobning
raddiga. Hazrat Maxdumn Nuran «Nafahot ul-uis»da bu mahalda Shoh jonibidin bu iav’ hukm qilib
bitibdurlarki, Shoh Yahyo Mu’oz g‘ino fazlin faqrga qilib bitigan kitob raddi-ga kitob bitibdur,
andoqki voqe’dur. Shayx ul-islom q. s. debdurki, faqr fazlidin sanga ushbu kofiydurkim, Payg‘ambar s.
a. v. darveshlikni tavongarlikka va faqrni g‘inog‘a ixtiyor qildi va Haq subhonahu va taolo ul
Hazratdin bu ishni pisand etti va anga bu davlatni ham karomat qildi. Abu Hafs Shohni to‘n bila ko‘rib
so‘rdikim, bo qabo? Shoh javob berdikim, [aboda istaganimizni qaboda topdik]1
. Shoh qirq yil bir vaqt
talabiga uyumadi. Bir kun ko‘zi uyquga bordi. Haq subhonahu va taoloni tush ko‘rdi, uyg‘ongach bu
baytni dedikim,
b a y t:
[Ey ko‘zimning sururi, seni tushimda ko‘rdim,
Usha lahzadan bern unqunn yaxshi ko‘raman)2
.
Andin so‘ngra doim uiqu tilar erdi, yo oni uyquda ko‘rarlar erdi, yo yotmoq tahiyasida. Bir kun Shoh
bir majlisda o‘lturub erdi. Bir darvesh qo‘pub, ikki botmon o‘tmak savol qildi. Hech kim bermas erdi.
Shoh dedikim, bo‘lg‘aykn, ellik hajimni ikki botmon nonga sotqun olib, bu darveshga bergay. Bir
faqi.ch hozir erdi, dedi: Ey shayx, shariatga istihfof qilding.
Shoh dedi: Hargiz o‘zimdin hisob olmadim, a’molimdin ne hisob olg‘aymen? Va Shoh so‘zidurkim,
[kimki nafsini shahvatdan, ko‘zini haromlarga boqishdan saqlasa, botinini doimiy muroqaba bilan
ta’mir qilsa va zohirini sunnat bilan bezasa, uning farosati xato qilmaydi]3
.
84. Abu Usmon Hiriy q. t. s.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Sa’d bin Ismoil Hiriy Nshoburiy. Asli Raydindur. Shoh Shujo’ning
shogirdi. Abu Hafs va, Yahyo Mu’oz bila suhbat tutubdur. Zamonining imom va yagonasi erdi. Sakkiz
yuz to‘qson sakkizda Rabiul avval oyida dunyodin o‘tibdur. Qabri Nishoburdadur. Andin so‘rdilarkim,
javonmard kimdur? Dedi: ulkim, o‘zin ko‘rmagan. Va ham ul debdurki, [shavq muhabbatning
alomatlaridan biridur]1
.
Va ani Imom va Muqtadoyi rabboniy debdurlar. Va rabboniy oni derlarkim, muridlarga oz ilm bila
parvarish bergay va tarbiyat qilg‘aykim, to ulug‘ ilmda quvvat topqaylar. Va ul bu nav’ erdi. Va ul
debdurki, [Alloh amrini bajarishda sustlik qilish, o‘sha amrning. ma’rifatini yaxshi bilmaslikdandir]2
.
85. Zakariyyo b. Duluviyyah q. t. s.
Kuniyati Abu Yahyodur. Nishobur ahlndindur. Ahmad Harb shogirdlaridin, mutavakkil va
zuhhoddindur. Uz kasbi bila luqma yer erdi. Abu Usmon Hirpy. debdurki, har kimki, Abu Yahyodek
tirilsa, o‘lumdin andishasi bo‘lmag‘usidur va o‘lumdin so‘ngra ham andishasi bo‘lmag‘usidur. Ikki yuz
to‘qsoi to‘rtta Nishoburda dunyodin o‘tti.
86. Zakariyyo b. Yahyo Hiraviy q. s.
Kibori mashoyixdin erdi, mustajob, udda’vo. Imom Ahmad Hanbal rahimahullohu debdurkim,
Zakariyyo abdoldindur. Va Abu Said Zohid debdurkim, Zakariyyoni ko‘rdum va suhbat tuttim,
siddiqlardin erdi. Ikki yuz ellik birda Hirot shahrida dunyodin o‘tdi.
87. Ziyod b. Kabir Hamadoniy q. t. r.
Hamadonliq erdi. Junayd q. s. suhbatida bo‘lur erdi. Kaxmas Hamadoniy rahimahulloh debdurki, bir
yil xushksol voqe’ erdi. Masjidi jum’ag‘a bordim. Ko‘rdumki, mehrobda o‘lturubdur, istisqo duosi
o‘qiydur. Ham ul zamon andoq yog‘in tuttikim, uyumga kela olmadim.
88. Abu Usmon Mag‘ribiy q. t. s.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Said b. Salom Mag‘ribiydur. Abulhusayn Sone’ Dinavariyning shogirdi.
Mag‘ribning Qirvonidindur. yillar Makkada mujovirliq qildi va onda Sayid ul-vaqt va mashoyixiing
yagonasi erdi. Onga bir nsh voqe’ bo‘ldiki, Makkadin Nishoburg‘a bordi va uch yuz yetmish uchda
dunyodin o‘tdi. Qabri Nishoburdadur. Abu Usmon Hiriy bila Abu Usmoi Nasibiyning yonidadur.
Mashoyixdin Abu Ali Kotib va Habib Mag‘ribiy va Abu Amr Zajjoz q. s. bila suhbat tutubdur va Abu
Ya’qub Nahrajuriyni ko‘ruberdi.
Ul debdurki, bu ishga kirmagimning ibtidosi ul erdikim, bir itim bor erdi va bu itim bila Jazoyirda
ovlab yurur erdim. Bir yag‘och ayog‘im ham bor erdiki, oning ichida sut solib ichar erdim. Bir kun
ma’hud tariqi bila ul ayog‘din sut ichay, dedim. Ul it ko‘p qichqirib, iztirob qildi. Ayog‘ni yerga
qo‘ydum. Yana bir damdin, so‘ngra ul ayog‘ni oldim sut icharga. Ul it bu qatla ko‘prak hurub, manga
hamla qildi. Yana ichmay yerga qo‘ydum. Uchunchi qatla ko‘prak hurub, mufrit iztirob qildi. Ersa
yana ul ayog‘ni yerga qo‘ydum. Ul it boshin ul harfqa solib, ul sutdin ichti, dog‘i shishib, yiqilib o‘ldi.
Hamono ko‘rgan bo‘lg‘ayki, yilon ul sutdin ichib, zahrin onda to‘kmish bo‘lg‘ay. Itdin ul vafo
ko‘rgachki, o‘zin manga fido qildi, qiladurg‘onlardin tavba qilib, bu tariqni ixtiyor qildim.
Shayx ul-islom debdurki, Abulhusayn Koshoniy manga dedikim, Abu Usmon Mag‘ribiy dedikim, ul
kunki men dunyodin ketsam, maloyika tufrog‘ sovurg‘usidurlar. Nishoburda ul o‘tgan kun men hozir
erdim. Andoq gardu oshub bo‘ldiki, el bir-birin ko‘ra olmaslar erdi. Shayx ul-islom debdurki, ul o‘ttiz
yil Makkada erdikim, onda bavl qilmadi, Haram hurmati jihatidin. Ul debdurki, [bu ish (tasavvuf ishi)
faqat qon hidi bilan qo‘lga kiradi]1
.
Va ham aning so‘zidurkim, [e’tikof (masjidda ma’lum kunlar yashab, ibodat qilish) Haq farmonla-ri
asosida a’zolarni pok saqlashdir]2
.
Va ham ul debdurki, ulki darveshlar suhbatig‘a tavongarlar suhbatin ixtiyor qilsa, Haq s. t. ani
murdadilliqqa mubtalo qilg‘ay.
Va ham Shayx Abu Usmon q. s. so‘zidurkim, [Osiy (gunohkor) mudda’iy (da’vogar)dan yaxshi,
chunki osiy doimo tavba yo‘lini axtaradi, mudda’iy esa, doimo da’volarining xayolida yanglishib
yuradi]3
.
89. Abu Tolib Ihmimiy r. t.
Bu qavmning mashoyixidindur. Abu Usmon Mag‘ribiy derkim, Abu Tolibni ko‘rdum. Qushlar bila
so‘zlashur erdi. Va ham Abu Usmon debdurkim, bir safarda aning bila hamroh erdim. Yo‘lda sibo’din
xavf bo‘ldi. Men dedim: Qo‘nmay, botroq o‘tayli. Ul tavaqquf qilib qo‘ndi. Kecha men vahmdin
uyumadim, ul farog‘at bila uyudi. Tonglasi mendin so‘rdikim, nega uyumading? Dedimkim, sibo’
xavfidin. Dediki, har kim Tengridin qo‘rqsa, o‘zga hech nimadin qo‘rqmas. Ul munojotida debdurki,
ilohi, agar sening amring bo‘lmasa erdi, kimga zahra bo‘lg‘ay erdikim, buzurgvor otingni tilga mazkur
qilg‘ay?
90. Talha b. Muhammad Saboh Niliy.
Abu Usmon Hiriy ashobining kiboridindur. Uch yuz ikkida dunyodin o‘tti. Abu Usmon Mag‘ribiy q.
s. anga dediki, tilarsanki, sanga bir pand bergaymenki, ellik yildurki, elga ul pandni beradurmen, qabul
qilmaydurlar. Ul dediki, tilarmen. Dediki, tuhmat kirdoringga qo‘y, to qiymat tutqay va tuhmat xalqdin
ol, to nizo oradin chiqqay. Ul qabul qildi va dedi: base kushodlar bu nasihat bobidin topdim.
91. Abulabbos b. Masruq r. t.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad Masruq, Tusdindur. Bag‘dodda sokin bo‘ldi va ikki
yuz to‘qson to‘qqizda olamdin o‘tti, vallohu a’lam. Junayd q. s. andin hikoyat aytur, Abu Ali
Rudboriyning ustodlaridindur va Sariy Saqatiy va Muhammad Mansur Tusiy va Muhammad b. Husayn
Barjaloniy bila suhbat tutubdur. Va qavmning qudamoyu kiboridindur. [Undan tasavvuf haqida
so‘radilar, aytdi: qalbni iloji bor narsadan xoli qilish va iloji yo‘q narsaga (Haqqa) bog‘lashdir]1
.
Va ham ul debdurki, [kimki tadbirii tark qilsa, rohatda yashaydi]2
.
92. Abulabbos Mo‘razan Bag‘dodiy q. s.
Shayx ul-islom oydin naql qilibdurki, ul debdurki, nafsingni mashg‘ul qil andin burunki, ul seni
shug‘lg‘a solg‘ay!
93. Abu Abdulloh Mag‘ribiy q. t. r.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad Ismoil. Debdurlarki, Ibrohim Xavvos va Ibrohim Shaybon
Qirmonshohiy va Abu Bakr Baykandiy q. s.ning ustodidurva Abulhusayn Ali Razzinning shogirdi,
hiraviydur. Va umri yuz yigirma ikki yilda tortti va ustodi Abulhusayn yuz yigirma yashadi. Va Abu
Abdullohning qabri Turi Sino tog‘i ustida, ustodi Abulhusayn qabri yonida, xarnub yig‘ochi ostidadur.
Ikki yuz to‘qson to‘qqizda dunyodin o‘tibdur. Shayx ul-islom debdurki, ul hargiz qorong‘ulik
ko‘rmaydurki, elga qorong‘u bo‘lganda, anga yoruq erkandur. Aning so‘zydurkim, ul Tengri haqqiki,
Abu Abdullohni yaratibdurki, Tengri agar mendin shahvat ma’unatin olsa, manga andin
yaxshiroqdurkim, aytsakim, behishtga kir! Bu ham ul so‘zdurkim, Amir ul-mo‘minin Aly k. v.
debdurkim, agar meni behishtga kirmak bila masjidga kirmak orasida muxtor qilsa, men masjidga
kirarmen. Abu Abdulloh debdurkim,, [amallarning afzali – vaqtni ahkomlarga muvofiq o‘tkazmoqdir}
Va ham ul debdurki, dunyodin munsifroq ko‘rmadim. Agar anga xidmat qilsang, ul ham sanga xidmat
qilur va agar tarkin tutib, sidq bila Tengri qullig‘ig‘a mashg‘ul bo‘lsang, aning sharridin emin
bo‘lursen, ya’ni ul sening tarkingni tutar.
94. Abu Abdulloh Nebojny r. t.
Oti Sa’d b. Yaziddur va Zunnun Misriy aqronidindur va Ahmad Abil Havoriy ustodlaridin. Ul
debdurki, [adab–himmatlilarning ziynatidur]1
.
Va ham ul debdurki, [har bir narsaning vazifasi bor, dinning vazifasi adabdur]2
.
95. Abu Abdulloh Antokiy – q. t. s.
Oti Ahmad b. Osim Antokiydur va qavmning a’yonu sodotidindur. Shariat ilmig‘a olim, qudamoyi
mashoyix bila suhbat tutubdur! Va tobiin atbo’ig‘a musharraf bo‘lubdur. Bishr Hofiy va Sariy Saqatiy
aqronidin ermish va Horis Muhosibiyning muridi va Fuzayl Ayoz suhbatig‘a yetibdur. Shayx ul-islom
debdurki, anga hech kishining hech ishidin hargiz hasad bo‘lmaydur, Illo orifona ma’rifatdin, yo‘q
tasdiqi ma’rifatdin.
Shayx Abu Ali Daqqoq debdurki [rasmiy ma’rifat yozgi yomg‘irga o‘xshaydi: na bemorga shifo
beradi va na chanqoqni qondiradi]1
.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 31
Va ham Antokiy debdur, [faqrning manfaatlirog‘i u bilan ziynatlanganing va u bilan rozi bo‘lganing]2
.
Faqrning nofe’rog‘i uldurkim, sen oning bila mutajammil bo‘lg‘aysen va onga rozi, ya’ni xalqning
kamoli asbobning isbotidadur va faqr jamoli asbobi nafyi va musabbib isbotida va anga ruju’da va rizo
aning ahkomig‘a. Negakim, faqr sababi – naqddur va g‘ino sababi–vujud va sababsiz Haq biladir va
sababliq o‘zi bilan. Bas, sabab hijob mahalli bo‘lg‘ay va besabablig‘ kashf mahalli.
Va ikki jahon jamoli kashfu rizodur va olam noxushlig‘i hijobu saxatda va bu vozih bayonidur,
faqrning g‘inog‘a tafzilining, vallohu a’lam.
96. Mumshod Dinavariy q. s.
Uchunchi tabaqadindur. Iroq mashoyixining buzurglari va javonmardlaridindur. Yahyo Jallo va kibori
mashoyix bila suhbat tutubdur. Va Junayd va Ruvaym va Nuriy q. s. aqronidin ermish. Debdurlarki,
ikki yuz to‘qson to‘qqizda dunyodin o‘tubdur. Ul debdurki,
Haq s. t. orifqa sirrida bir ko‘zgu beribdurki, har qachon ul ko‘zguga boqsa, ani ko‘rgay. Shayx ulislom debdurki, anga mo‘min ko‘nglida bir yerdurki, andin o‘zga onda yetmas, chun tafriqaga qolgay,
ul yerga bozgasht qilsa, osoyish topqay. Mumshod debdurkim, qirq yildurkim, behishtni va har ne
andadur manga arz qiladurlar, ko‘z uchini ul yon oriyat bila solmaymen. Shayx ul-islom debdurkim,
aning suhbat va huzurida aning g‘ayrig‘a boqmoq anga shirkdur. Va Tengri taolo Paig‘ambarig‘a s. a.
v. dedikim, [(Payg‘ambarning) ko‘zi (o‘ngu. so‘lga) og‘gani ham yo‘q, o‘z haddidan oshgani ham
yo‘q. Olloh deb ayt, so‘ngra ularni tark et]1
. Va ham Mumshod debdurki, har kim aning do‘stlaridin
biriga qilg‘ay kiyna, uqubat anga ul bo‘lg‘ayki, ulcha ul do‘stiga beribdur, hargiz ul munkirga
bermag‘ay. Va ham ul debdurki, [Muridga lozim bo‘lgan adablar: mashoyixlarni hurmat qilish,
birodarlarga xizmat qilish, sabablardan qutilish va shariat odoblarini saqlash]2
.
97. Hasan b. Ali Musuhiy q. t. s.
Kuniyati Abu Alidur. Debdurlarki, Junayd va Abu Hamzaning ustodlaridindur va alarning aqronidin
xud bor. [Sariy Saqatnyning kibor ashoblaridin]1
. Junayd debdurki, Hasan Musuhiyg‘a bir nima dedim
unsdin. Dedikim, agar xalq bir yo‘li o‘lsalar, mening ko‘nglimga malolat kelmas va vahshat
yuzlanmas. Lisammun al-Muhibb: [Ey nafsim, o‘zga narsalarday voz kechib, Haq bilan bo‘l! Chunki
hayot, ayshu ishrat u bilan ulfat bo‘lish va tasalli topishdir]2
.
98. Ahmad b. Ibrohim Musuhiy q. t. s.
Aning kuniyati ham Abu Alidur. Bag‘dod mashoyixining ajillasidindur. Va Sariy Saqatiy bila suhbat
tutubdur va andin hikoyat aytur va rivoyat qilur va Hasan Musuhiydin ham. Va debdurlarki, ul bir
ko‘nglak va bir rido, bir na’l bila har yil haj qilur erdi, rikva va ko‘za ko‘tarmas erdi, andin o‘zgaki bir
olma olur erdi. Bag‘doddin Makkagacha ani islab o‘tkarur erdi. Ul debdurki, [Allohu taolo bandasiga
so‘ramagan narsasini bersayu u rad qilsa, Alloh bandani rad etganiga monand boshqa bir narsaga
muhtoj etib, uni tilovchi qilib qo‘yadi]1
.
99. Ruvaym r. t.
Ikkinchi tabaqadindur va kuniyati Abu Muhammaddur. Va Abu Bakr va Abulhasayn va Abu Shaybon
ham debdurlar. Bag‘dodning mashoyixining kiboridindur. Faqih erdi, Dovud Isfahoniy mazhabida.
Shayx ul-islom debdurki, ul o‘zin Junaydning shogirdi ko‘rguzur erdi, ammo aning yoronlaridindur va
andin uluq. Va Abu Abdulloh Xafif q s. debdurki, hargiz ko‘zum kishi ko‘rmaydurki, tavhidda so‘z
aytqoy, andoqki, (Ruvaymdan tasavvuf haqida so‘radilar. Aytdi: Mutasavvif biror narsani o‘ziniki deb
bilmaydi va hech kim unga egalik qilolmaydi. Va yana aytdi: Tasavvuf ikki narsaning birini
ikkinchisidan ortiq ko‘rmaslikdir]1
. Va debdurlarki, Ruvaym umrining oxirida o‘zin dunyo ahli orasida
yashirdi, ammo ul shug‘l ani mashg‘ul qilmadi. Junayd debdurki, biz forig‘i mashg‘ulbiz va Ruvaym
mashg‘uli forig‘. «Futuhot»da mazkurdurkim, Ruvaym dediki, [kimki, so‘fiylar bilan birga o‘tirib,
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi 32
ularning haq deb bilgan narsasiga qarshi chiqsa, Allohu taolo uning qalbidan iymon nurini tortib
oladi]2
. Abu Abdulloh Xafif aning xidma tig‘a bordi, qayturda Ruvaym ilgin aning egniga qo‘yub
dedikim, ey o‘g‘ul, bu ish jon fido qilmoqdur, zinhor so‘fiyaning turrahotig‘a mashg‘ul bo‘lmag‘aysen.
Shayx ul-islom debdurki, jon fido qilmoq ul ermaskim, g‘azog‘a borgaysen, to seni o‘lturgaylar,
uldurki, Haq taolo bila jon uchun munozaat qilmag‘aysen. Jon va ko‘ngul va boshni aning yo‘lida
qo‘yg‘aysen va hanuz o‘zingni muqassir bilg‘aysen, yo‘qki, oz ranjki ondin sanga yetushsa, shikoyat
qilg‘aysen.
Birav Ruvaymdin so‘rdikim, [ahvoling qanday?]3
. Ul dediki, [kimniki, dini – hoyu-havas, himmati –
dunyo bo‘lib, o‘zi–solih taqvodor va pokiza oriflardan bo‘lmasa, uning holi qanday bo‘lishi
mumkin?]4
.
Shayx ul-islom Xarrozdin so‘ngra Ruvaymni tutubdur va andin so‘ngra Junayd bila Nuriyni.
100. Yusuf b. Husayn Roziy q. s.
Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ya’qub. Ray va Jibolning shayxi erdi. Uz zamonida bu toifag‘a
imom va tariqi malomat tavrida erdi. Xalqni o‘zidin mutanaffir qilmoq va elning qabulin o‘zidin
buzmoqda tlohir erdi. Zunnun Misriy shogirdidur va Abu Turob Naxshabiy va Yahyo Ma’oz Roziy
bila suhbat tutubdur va Abu Said Xarroz bila safarda rafiqlik qilibtur va arolarida Junayd bila
mukotabot voqe’dur. Uch yuz uchda yo to‘rtda dunyodin o‘tubdur. Utar chog‘da dedi: Ilohi, xalqni
sanga dalolat qildim jahd bila va o‘zumga qila olgancha, jafo qildim.Saning uchun. Meni bulardin
biriga bag‘ishla.
Utgandin so‘ngra bu toifadin birov oni voqe’da ko‘rub, holin so‘rdi. Dedikim, Haq taolo manga
ayttikim, ul so‘zni yana ayt! Aytqondin so‘ngra ayttikim, sani sanga bag‘ishladim va o‘zi va oning
orosida vosi-ta kelturmadnkim, oning bila bu toifa orasida vasila ra vosita o‘zi-o‘qdir.
Yusuf b. Husaynning so‘zidurkim, [barcha yaxshiliklar uyiing ichkarisida, uning kaliti tavozu’dir.
Barcha yomonliklar ham uy ichkarisida. Uning kaliti, esa, takabburlikdir]1
.
Bu faqir o‘zum bu naqlni koshifi ulumi rabboniy Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s.dan
eshittimkim, Nishoburda so‘fiy bor ermish. Zohidki, safoyi vaqti onga dast bergay ermish. Bir do‘sti
bor ermish, bozurgon va ul bir safarga mutavajjih ermish. Ammo bir turkiyasi bor ermish, jamilakim,
oni o‘zi bila elta olmas ermish va shaharda dog‘i qo‘yarda hech yerga e’timodi yo‘q ermish. Ul
so‘fiyni mu’tamad deb, oning qoshida amonat topshurub, safarga bormish. Ul so‘fiy oni ko‘rgach,
volih bo‘lib, alqissa safoyi vaqtin barbod bermish. Bu xusronzadaliqdin nodim bo‘lib, tavba qilib,
mashoyix xizmatig‘a borib, o‘z dardin aytib, iturgonining ilojin tilamish. Borcha muttafiq
o‘tmishlarkim, bizing ilgimizdin kelmas. Magar imom Yusuf b. Husayn Roziy bu ishga iloj qilg‘ay. Ul
so‘fiy Yusuf b. Husayn xizmatig‘a Rayg‘a borurdin o‘zga chora topmamish. Rayg‘a borib, imomni har
kimdinki, so‘rmish va so‘ramish, javob bermishlarki, ul kofur va ul zindiq bila ne ishing bor? Alqissa,
bir buzuqda imomni topmishkim, parishon zohir bila sochi, tirnog‘i yitilgan, chopon kiyib, saru po
barahna qibla sari mutavajjix. Qur’on o‘qub, o‘lturub ermish. Muborak nazari so‘fiyg‘a tushgach,
iturgon safoyi vaqti ko‘ngliga yuzlanmish. Yugurub, imomking ayog‘ig‘a tushub, savol qilmishki,
sanga tengri mundoq biyik martaba beribdur. Sen nechuk o‘zungni mundoq jununi besaru polikka
solibsanki, seni tilab ko‘rsalar, Ray ahli kofuru zindiq bila ta’bir qilurlar. Imom javob bermishkim, ul
jihatdin bu oshuftalig‘ni ixtiyor qilibmanki, bozurgon mani yaxshi amin kishi sog‘inib, kanizagin
kelturub, manga amonat topshurmag‘oy. So‘fiy xijil bo‘lib, yuzin yerga qo‘yub, savol qilg‘onidin
istig‘for qilib, Nishoburg‘a yonmish, vallohu a’lam.

Officia post-ironic VHS, incididunt pork belly single-origin coffee viral mumblecore four loko truffaut. Vice organic hoodie reprehenderit duis pitchfork. Beard raw denim direct trade ea lomo. Lo-fi labore ut, wes anderson nostrud velit blog nisi put a bird on it sartorial commodo stumptown. Authentic sriracha voluptate nisi gastropub. Non adipisicing in, magna twee flexitarian leggings cosby sweater photo booth sartorial farm-to-table fap fixie shoreditch Austin. Est marfa squid, mixtape sed minim fugiat polaroid mcsweeney's sustainable.

Irure fugiat odd future, marfa eiusmod Austin craft beer aute mumblecore pitchfork banh mi viral helvetica butcher veniam. Chillwave nisi anim kale chips, mcsweeney's photo booth truffaut. Typewriter letterpress next level tumblr, bushwick odio dreamcatcher 3 wolf moon helvetica. Terry richardson beard squid irony, ethnic post-ironic vegan. Ethical pinterest exercitation laborum, aute proident put a bird on it carles magna DIY wayfarers. High life wes anderson polaroid, fanny pack vegan occaecat veniam. Aliquip in helvetica, messenger bag fingerstache put a bird on it lo-fi veniam anim assumenda stumptown.